Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

La liga. «Real» peshqadamlardan birini mag‘lub etdi

La liga. «Real» peshqadamlardan birini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida "Real" safarda qiyin kechishi kutilgan o‘yinda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlabki 3ta turda 100 foizli natija qayd etib turgan "Real Sosyedad" mavsumda ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

O‘yinning 19-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Serxio Ramos jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab, chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo‘lganida, Mayoral o‘sha joyda paydo bo‘ldi va darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 10-daqiqa o‘tib basklar hisobni tenglashtirishdi. Odriosola o‘ng qanotdan havolatib yetkazib bergan uzatmani Kevin Rodriges urga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p Navasning qo‘llari orqali uzoq burchakka borib tushdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan san-sebastyanliklar hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi, ammo bu ish Zidan shogirdlariga nasib etdi.  "Sosyedad" o‘zining birinchi goli kabi kombinasiya tashkil qildi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ilyaramendi jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi. "Real" o‘sha zahoti qarshi hujum tashkil qilib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mayoral bir himoyachini aldab o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Rodriges to‘pni qaytarish chog‘ida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Butun o‘yin davomida ko‘rinmagan Beyl bahsning 61-daqiqasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Isko uzoq masofadan ajoyib uzatma bilan uelslik futbolchini oldinga boshladi. Garet tezlikda himoyachidan o‘tib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va posbonni dog‘da qoldirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Real" o‘z ochkolarini 8taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 4-tur
Real Sosyedad – Real Madrid 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 19 Mayoral, 1:1 – 28 Rodriges, 1:2 – 36, avtogol Rodriges, 1:3 – 61 Beyl.
Real Sosyedad – Ruli, Rodriges, Lyorente, Elustondo, Odriosola, Surutusa, Priyeto (Xuanmi, 69), Kanales (Vela, 57), Ilyarramendi, Yanuzay (Agirreche, 77), Villian Joze.
Real Madrid – Navas, Teo (Nacho, 90), Varan, Karvaxal, Ramos, Isko, Modrich, Asensio (Sebalyos, 86), Kazemiro, Beyl, Mayoral (Vaskes, 75).
Ogohlantirishlar: Lyorente (36), Asensio (38), Ilyarramendi (42), Yanuzay (45), Kazemiro (64).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:48, 18.09.2017.
O'qildi: 13336 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик