Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Eden Azar: «Kontening energiyasi bizni ruhlantiradi»

Eden Azar: «Kontening energiyasi bizni ruhlantiradi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar «Chelsi»dagi hayoti va yangi mavsumdagi rejalari haqida gapirib o‘tdi.

- «Chelsi» joriy mavsumni yaxshi boshlay olmadi. Boz ustiga, Chempionlar Ligasida ishtirok etishi lozim. Siz uchun ushbu turnirlarning qay biri muhimroq?

- Har bir mavsumning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Ayniqsa, bir nechta turnirda ishtirok etsangiz. Biroq jamoamiz tarkibi yaxshi shakllangan. Murabbiylar bir turnirda u yoki bu futbolchiga vaqti-vaqti bilan dam berishadi. Natijada u boshqa musobaqada 110 foiz kuchini sarflab, ajoyib o‘yin ko‘rsatadi.

Vazifamiz iloji boricha ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritish. Kimgadir qaysidir mukofot muhimroq. Lekin shaxsan men o‘zim qatnashgan turnirlarning barchasida zafar quchishni istayman.

- Angliya premyer-ligasida g‘olib chiqish uchun «Chelsi»ga qaysi jamoa asosiy raqobatchi bo‘ladi?

- Bunday klublar bisyor. Kuchli tarkib va yuqori saviyali murabbiyga ega bo‘lgan har qanday jamoa Angliya chempionligi uchun kurashishi mumkin. «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Manchester Siti» kabilar shular jumlasidandir.

- Antonio Konte haqida qanday fikrdasiz? Uning reaksiyasi, xarakteri va futbolchilarni o‘yinlarga tayyorlashi xususida nima deya olasiz?

- Shunchaki, o‘yinlarimizni kuzatsangiz, uning qanday murabbiy ekaniga guvoh bo‘lasiz. Kontening energiyasi qaynab turadi, bir joyda o‘tirmaydi, har doim nimalarnidir uqtirishga urinadi.

Bu esa barchani g‘alaba sari ruhlantiradi. O‘ylaymanki, italiyalik mutaxassis sayyoramizning eng kuchli murabbiylaridan biridir. Biz u bilan birga ishlayotganimizdan baxtiyormiz.

- «Chelsi» safida premyer-liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish qiyinmi yoki Belgiya termasi bilan jahon chempioni bo‘lishmi?

- Bilmasam... Balki mundialda g‘olib chiqish qiyinroqdir. Biz Belgiya terma jamoasi bilan hali hech qanday sovrinni qo‘lga kiritmaganmiz. Demak, har qanday g‘alabamiz birinchisi bo‘ladi. Biror-bir turnirdagi dastlabki muvaffaqiyatni nishonlash esa hamisha qiyin kechadi. Biroq ayni payt kuchli tarkib va mahoratli murabbiyga egamiz.

Shunday ekan, biz uchun imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Har qanday turnirda zafar quchish oson emas. Chunki musobaqa bitta o‘yindan iborat bo‘lmaydi. Shu bois ham barcha uchrashuvlarda bir yoqadan bosh chiqarib o‘ynashga to‘g‘ri keladi.

Yakunda g‘alaba qozonish yoki qozonmasligimiz haqida nimadir deya olmayman. Ammo har birida bor kuchimizni ishga solishimizga ishonaman.

- Agar Neymar uchun 222 million yevro to‘lashgan bo‘lsa, bugungi kunda Eden Azarning bahosi qancha?

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:00, 18.09.2017.
O'qildi: 3074 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.