Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 17 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu nufuzli xalqaro sport anjumanini yuksak saviyada o‘tkazish uchun Turkmaniston poytaxtida puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Olimpiya shaharchasida ishtirokchi davlatlar delegasiyalari, murabbiy va sportchilarning yashashi, musobaqaga tayyorlanishi, mashg‘ulotlar o‘tkazishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Davlatimiz rahbari Ashxobod Olimpiya stadioniga tashrif buyurdi. 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan muhtasham inshootga ko‘plab mamlakatlardan kelgan davlat va hukumat rahbarlari, Osiyo olimpiya kengashi rahbariyati, faxriy mehmonlar, minglab sport ishqibozlari to‘plandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini baland tutgan sportchimiz – og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Ulug‘bek Alimov va O‘zbekiston delegasiyasini muxlislar olqishlar bilan kutib oldi. 

Delegasiya tarkibida 189 sportchi – jahon va qit’a chempionatlari, turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan tajribali sportchilarimiz bilan birga, yosh iqtidor egalari sportning 20 turi bo‘yicha Vatanimiz sharafini himoya qiladi. 

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimizga omad tilaymiz. 

Manba: telegraf.uz
Kiritildi: 10:29, 18.09.2017.
O'qildi: 4928 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик