Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Professional bokschi Jamshid Najmiddinov Kiyevda nohaq tarzda mag‘lub etildi

Professional bokschi Jamshid Najmiddinov Kiyevda nohaq tarzda mag‘lub etildi

Baho:
+-1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Jamshid Najmiddinov WBC chempionlik kamarining sobiq egasi, ukrainalik Viktor Postolga qarshi ringga chiqdi va mag‘lub bo‘ldi.

Ukraina poytaxti Kiyevda o‘tgan jang referilari ochiqchasiga mezbon bokschiga yon bosdi, deb hisoblovchilar ko‘pchilikni tashkil qilayotganini ijtimoiy tarmoqlardagi izohlardan ham bilish mumkin. Chunki Jamshid Najmiddinov raqibi Postolni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo‘ygan, ammo yakunda g‘oliblik mezbon sportchiga nasib qilgan, deb «Daryo»ga murojaat qildi jurnalist Ahmad Eshmatov.

63,5 kilogramm vazn toifasida jang qiluvchi Jamshid Najmiddinov bungacha ko‘pchilik uchun notanish bo‘lgan. Vaholanki, shu vaqtga qadar bokschi 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgandi. Shularning 9 tasida qarshisida turgan bokschilarni nokautga uchratgan. Kiyevdagi jang Najmiddinov uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Professional boksdagi faoliyatini «Temurlang» promouterlik klubi bilan hamkorlikda davom ettirayotgan Najmiddinov AFCA kamarining amaldagi sohibi hisoblanadi.

Ukrainalik Viktor Postol boks olamida ancha mashhur. U 2015—2016 yilgi mavsumlarda WBC chempionlik kamarini munosib himoya qilgan. 2016 yilning 23 iyul sanasida Trensi Krouford bilan jangda kamaridan ayrilgan. O‘sha mag‘lubiyat uning uchun yagona bo‘lib turibdi.

"Jang murosasiz o‘tdi. Jamshid g‘alaba qozonganini butun Ukraina xalqi ko‘rdi va e’tirof etdi. Jangdan so‘ng muxlislar «Yangi Pakyao», «Yangi chempion», deb uni olqishladilar. Qolaversa, ushbu boks kechasini tashkil qilgan promouterlar o‘zlari kelib, hakamlik uchun uzr so‘rashdi. O‘ylaymanki, bu xolat kelajakdagi ulkan g‘alabalar uchun sabab bo‘ladi" - dedi Xusrav Nasrullayev, «Temurlang» promouterlik klubi rahbari.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:16, 18.09.2017.
O'qildi: 10441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик