Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Gennadiy Kochnev: "Paxtakor"ga qarshi o‘yin biz istagandek kechmadi"

Gennadiy Kochnev: "Paxtakor"ga qarshi o‘yin biz istagandek kechmadi"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 21-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” - “Sho‘rtan” (3:0) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev o‘z fikrlarini aytdi.

"Avvalo “Paxtakor” jamoasi va muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda himoyada zich o‘ynashni rejalashtirgandik. Ammo bu amalga oshmadi. Himoyadagi qo‘pol xatolar bizga qimmatga tushdi. Bugun tayanch hududida harakat qilgan futbolchilarimiz kutilgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi. Ularning yomon o‘yini tufayli raqibning bir qator hujumlarini o‘tkazib yubordik. Bu esa gollarga olib keldi.

“Lokomotiv” bilan o‘yinda yaxshi harakat kilgandik. Ammo bugun yomon o‘ynadik. Bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejamiz o‘xshamadi. O‘yin biz istagandek kechmadi. Shuningdek, himoyadagi yo‘qotishlar ham o‘yinimizga ta’sir qildi. Ma’lumki, Melziddinov ogohlantirishlari soni to‘rttaga yetganligi bois, bugun jamoaga yordam bera olmadi" - dedi Kochnev.

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 10:46, 19.09.2017.
O'qildi: 3931 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик