Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Alvaro Morata tanqidlarga bardosh bera oladimi?

Alvaro Morata tanqidlarga bardosh bera oladimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Avvalroq ispaniyalik hujumchi Alvaro Morataning “Real” klubidan Angliyaning “Chelsi” klubiga ko‘chib o‘tgani haqida xabar bergandik.
 
Ayni paytda Angliya chempionatida besh marta maydonga tushib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Alvaro Morata “Real”dan ketishi, Angliyada tanqidlarga uchragani va 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni istayotganligi xususida fikr bildirib o‘tdi.
 
“ ...To‘g‘risini aytsam, “Real” bosh murabbiyi Zineddin Zidan meni Madridda qolishimni istagandi. Zahira o‘yinchisi bo‘lib qolishni o‘zim xohlamadim.
 
Ispaniyada barcha sharoitlar qulay edi, ammo qulayliklaridan voz kechib qiyin hayotga o‘rganishimga to‘g‘ri keldi.
 
Futbol o‘ynashim kerak, g‘alabalarga tashnaman. Qancha ko‘p maydonga tushib, shuncha ko‘p gol ursam, Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatimga foyda bo‘ladi. Rossiyaga borishni hammadan ko‘proq istayman.
 
Angliyaga kelganimdayoq penaltini to‘g‘ri amalga oshira olmaganimdan so‘ng qandaydir kuchli bosimni his etdim. Muxlislar va mutaxassislar tomonidan turli xil tanqidlarga uchradim.
 
Biroq tanqid meni yanada kuchli bo‘lishga undadi. Meni tanqid qilayotganlarning so‘zlari noto‘g‘ri ekanligini isbotlamoqchiman.
 
O‘z ustimda avvalgidan ham ko‘proq ish olib boryapman”, deydi Morata.
 
Ma’lumot uchun, Morataning transferi “Chelsi”ga 80 mln yevroga tushdi va Alvaro futbol tarixidagi eng qimmat ispaniyalik futbolchiga aylandi.

Akmal Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 14:36, 19.09.2017.
O'qildi: 5338 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.