Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Video: Kutib oling! Lionel Messining yangi rekordi!

Video: Kutib oling! Lionel Messining yangi rekordi!

Baho:
+ | -

Bugun, 20 sentyabr kuni Ispaniya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Barselona”–“Eybar” uchrashuvida misli ko‘rilmagan natijalar ro‘y berdi.
 
Ya’ni o‘yin maydon egalarining 6:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, argentinalik hujumchi Lionel Messi pokerga erishib, o‘zining “Barselona” futbolchisi sifatida “Kamp Nou” stadionidagi 300-golini (barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda) urdi.
 
Leo, bundan tashqari, faoliyatidagi 39-xet-trikini ham aynan “Eybar”ga qarshi uchrashuvda nishonladi.
 
Shu bilan birga tajribali hujumchi mehmonlar darvozasiga to‘rtta gol (poker) urishning uddasidan chiqdi.
 
Eslatib o‘tamiz, hujumchi so‘nggi marta 2013 yil shunday ko‘rsatkichni qayd etgandi.
 
Asosiysi, Messi afsonaviy angliyalik futbolchi Jimmi Graves (Tottenxem) ning rekordini takrorladi. Graves faoliyatining gullagan vaqtida 357 ta gol urish erishgandi.
 
Agarda argentinalik futbolchi yana 9 ta gol ursa, Gerd Myuller (Bavariya) ning (365 gol) natijasidan o‘tib ketadi va futbol tarixidagi mutloq rekordchiga aylanib oladi.
 
Messi, shuningdek, “Barselona”ning Ispaniya chempionatida mavsum boshidan kiritgan 16 ta golining 8 tasini o‘z nomiga yozib qo‘ygan.
 
Jamoaga yangi kelib qo‘shilgan braziliyalik Paulinyo ketma-ket ikki uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urishning uddasidan chiqdi. Kataloniyaliklarning yana bir goliga Denis Suares mualliflik qildi.
 
Shu tariqa, “Barselona” mavsumdagi 5 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 15 ochko bilan Ispaniya La-Ligasida musobaqaning yagona peshqadamiga aylanib oldi.
 
Muxlislar e’tiboriga Lionel Messini bilan bog‘liq ayrim ma’lumotlarni eslatib o‘tishni lozim topdik.
 
Masalan, “Our–Mine” xakerlik guruhi bir daqiqa ichida “Barselona” jamoasining yetakchi futbolchisi Lionel Messini “Real” futbolchisiga “aylantirib” qo‘yishgan edi.
 
Bundan tashqari, Barselona” hujumchisi Lionel Messi YECHL 1-turida “Yuventus” bilan o‘yinda (3:0) ikki golga mualliflik qilgani haqida xabar bergan edik.
 
Shuningdek, muxlislar Lionel Messini o‘z vatanini sevmasligini aytishgani haqida maqola e’lon qilingandi.
 
 
Barselona, “Kamp Nou” stadioni.
 
Barselona”–“Eybar” — 6:1 (2:0)
 
Gollar: Messi 20 (pen), Paulinyo 38, Suares 53, Messi 59, Messi 62, Messi 87 — Enrix 57
 
“Barselona”: Ter Shtegen, Pike, Maskerano, Din, Semedu, Buskets (Rakitich 65), Inyesta (Roberto 63), Paulinyo, Messi, Deulofeu (Vidal 75), Suares.
 
“Eybar”: Dmitrovich, Galvez, Oliveyra, Xunka, Arbilya, Eskalante, Dani (Rivera 77), Xordan, Enrix (SHarles 72), Inui, Kapa (Penya 65).
 
Ogohlantirishlar: Kapa 10, Galvez 80.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 23:48, 20.09.2017.
O'qildi: 14420 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик