Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

«Betis» «Real»ning betiga «tarsaki» tushirdi

«Betis» «Real»ning betiga «tarsaki» tushirdi

Baho:
+2 | -

Ispaniya chempionatining 5-turida kutilmagan natija qayd etildi. "Real" ushbu mavsumda o‘z uyida o‘tkazgan uchinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. Madridliklar bu safar "Betis"ni nafaqat mag‘lub eta olishmadi, balki alamli mag‘lubiyatga ham uchrashdi. Boz ustiga, Zidan shogirdlari raqid darvozasini ishg‘ol qila olmay, mazkur o‘yinda qayd etilishi kerak bo‘lgan jahon rekordini ham yangilay olishmadi. Golli seriya uzilib qoldi. Alamli, juda ham alamli.

Andalusiyaliklarga qoyil qolish kerak. Jamoa birinchi bo‘limda "Real" bilan tengma-teng o‘ynadi, hujumga hujum bilan javob berdi. To‘g‘ri, ba’zi vaziyatlarda "Madrid"ga omad yetishmadi, ammo "Betis" jiddiy kurash olib bordi.

Ikkinchi bo‘limda muxlislar hammasi joyiga tushishini kutishdi. Zidan jamoasining bosimi bahsning 70-80-daqiqalarga kelib o‘zining eng yuqorisiga chiqdi. Ammo mehmonlar yaxshi himoyalanishdi, Antonio Adan o‘z darvozasini mustahkam qo‘riqladi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi, ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda qaqshatqich qarshi hujumni o‘tkazib yuborishdi. Antonio Sanabriya o‘z imkoniyatidan samarali foydalanib, "Betis" 3 ochko keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Darvoqe, diskvalifikasiya muddatini o‘tab, "Real" safiga qaytgan Krishtianu Ronaldu ham o‘z jamoasiga yordam bera olmadi. Portugaliyalik futbolchi ikkita qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Uning zarbalaridan biri ustunga tegib qaytdi...

Ushbu g‘alabadan keyin "Betis" o‘z ochkolarini 9taga yetkazdi ham "Real"ni 7-o‘ringa tushirgan holda, o‘zi 6-pog‘onaga joylashib oldi. Zidan jamoasi endi peshqadam "Barselona"dan naq 7 ochkoga ortda qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 5-tur
"REAL MADRID" - "BETIS" 0:1 (0:0)
Gol: Antonio Sanabriya 90+4' (0-1).
«Real Madrid» (Zayniddin Zidan): Keylor Navas – Dani Karvaxal, Rafael Varan, Serxio Ramos, Marselo (Lukas Vaskes 71') – Kazemiro, Luka Modrich (Borxa Mayoral 72'), Toni Kroos, Isko (Marko Asensio 67') – Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu.
«Betis» (Kike Setyen): Antonio Adan – Antonio Barragan, Aissa Mandi, Zuxair Feddal, Riza Durmisi – Viktor Kamarasa (Andres Guardado 44'), Xavi Garsiya, Fabian Ruis (Xoakin Sanches 79') – Fransis Gerrero (Riad Budebuz 61'), Kristian Telyo, Antonio Sanabriya.
Hakam: Mateu Laos.
Ogohlantirishlar: yo‘q — Kristian Telyo 36', Aissa Mandi 38', Zuxair Feddal 58'.
2017 yil 20 sentyabr. Madrid. «Santyago Bernabeu».

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:03, 21.09.2017.
O'qildi: 17675 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик