Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Oliy liga. "Obod" - "Nasaf" (prevyu)

Oliy liga. "Obod" - "Nasaf" (prevyu)

Baho:
+ | -

“Nasaf” 22-tur uchrashuvini Toshkentda “Obod” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘yin 22 sentyabr juma kuni soat 16:00da TTYMI stadionida bo‘lib o‘tadi.

Toshkentning “Obod” jamoasi 2016 yildan oliy ligada ishtirok etmoqda. “Obod” va “Nasaf” jamoalari shu paytgacha 3 marta o‘zaro kuch sinashgan. Ularning barchasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda “Obod” jamoasi “Nasaf” darvozasiga gol kirita olmagan. To‘plar nisbati 0:5ni tashkil etadi, albatta “Nasaf” foydasiga.

Mazkur jamoalar o‘tgan yili dastlab Qarshida, ikkinchi davrada esa Toshkentda o‘zaro kuch sinashishgan. Birinchi davrada Qarshida bo‘lib o‘tgan bahsda Nasaf kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Qarshidagi uchrashuvda yagona golga Ilhom Shomurodov mualliflik qilgan edi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi gollarni Farrux Sayfiyev, Fozil Musayev va Dragan Cheran urgan.

Joriy chempionatda ushbu jamoalar dastlab 7-turda tuqnash kelishgan. Uchrashuv G‘uzorda bo‘lib o‘tgan. Unda Nasaf kichik 1:0 hisobida zafar quchgan. Uchrashuvdagi yagona golni Dragan Cheran kiritgan edi.

O‘zaro uchrashuvlar natijalari

01.04.2016. “Nasaf” – “Obod” 1:0

12.08.2016. “Obod” – “Nasaf” 0:3

22.04.2017. “Nasaf” – “Obod” 1:0

Toshkentning “Obod” jamoasi 21 uchrashuvdan so‘ng 9 ochko to‘plab, turnir jadvalining so‘nggi 16-pog‘onasini egallab turibdi. “Obod” joriy chempionatda faqat ikki marta g‘alabaga erishdi va uch uchrashuvda murosa ko‘chasini tanlagan. Qolgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchragan.

“Nasaf” esa o‘tgan 20 uchrashuvdan so‘ng 35 ochko to‘plab, turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda.

Jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 21 sentyabr juma kuni, “Obod” maydonida bo‘ladi. Uchrashuv soat 15:45da boshlanishi belgilangan.

O‘zPFL 22-tur
“Obod” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)
22.09.2017. TTYMI stadioni. 16:00da
Bosh hakam: Vadim Agishev (Toshkent)
Qanot hakamlari: Nabiyjon Ro‘zimov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshk.vil.)
Zaxira hakami: Rustam Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: Farxod Abdullayev (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Baxtiyor Mametov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:23, 21.09.2017.
O'qildi: 3125 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик