Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Ilhom Mo‘minjonov: “Irodali durang uchun yigitlarga rahmat”

Ilhom Mo‘minjonov: “Irodali durang uchun yigitlarga rahmat”

Baho:
+ | -

Oliy ligadan o‘rin olgan “Sho‘rtan” – “Navbahor” (3:3) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini aytdi.

"O‘zinglar ko‘rganinglardek o‘yin qiziqarli bo‘ldi. Irodali durang qayd etganliklari uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Yigitlar ikki to‘p farqi bilan ortda qolayotgan bir paytda ruhiy tomondan tushkunlikka tushmasdan oxirigacha kurashishdi. Bugun himoyadagi qo‘pol xatolar tufayli o‘z darvozamizdan uchta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik. Himoyadagi xatolarni bartaraf etish ustida ishlaymiz. Uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Shunga qaramay safardagi durang yomon natija emas. Fursatdan foydalanib, Namangandan jamoamizni bevosita o‘yingohda qo‘llash uchun yetib kelgan muxlislarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘taman. Ular 1:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan paytimizda ham jamoaga dalda bo‘lib turishdi.

Uchrashuv so‘nggida yuzaga kelgan vaziyat xususida bir nima deya olmayman. Negaki, maydonda futbolchilar harakat qilishadi. Ular o‘sha holatda hakamning xushtagi chalinmaganligi sababli o‘yinni davom ettirib gol urishdi. Bu borada futbolchilarning o‘zlaridan so‘rab bilib olishingiz mumkin.

O‘yin paytida har bir murabbiyda hissiyotlar kuzatiladi. Aynan shundan kelib chiqqan holda bahs oxirlarida raqib jamoa murabbiyi bilan biroz tortishib ketdik. Oxir-oqibat, hamkasbimiz bilan kelishib oldik. O‘sha vaziyat uchun hamkasbimdan uzr so‘rayman. His-hayojonlar junbushga kelganligi sababli futbolda shunday holatlar ham ro‘y berib turadi.

Jamoamiz o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad yo‘lida intilmoqda. Joriy yilgi chempionatda 2016 yilgidan ko‘ra yaxshiroq natija qayd etish va mavsumni imkon qadar yuqori o‘rinlarda yakunlashga harakat qilamiz. Birinchi davrada ko‘plab ochkolarni boy bermaganimizda “Navbahor” jamoasini chempionatni munosib tarzda o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimiga alohida minnatdorchilik bildirib o‘taman.  

Yoshlarimiz birinchi davrani munosib tarzda o‘tkaza olishmagandi. Tarkib yil boshida shakllantirilganligi sababli yoshlarimiz murabbiyi Shuhrat Qoraboyev natijalarni ijobiy ko‘rinish olishi uchun vaqt beringlar deb so‘ragandi. Davralar oralig‘ida tarkibni ancha yoshartirib, ko‘proq ularga imkoniyat berilmoqda. Bu hol o‘z samarasini berib, natijalar ham ijobiy ko‘rinish olmoqda. Bilasizki, futbolda natija o‘z-o‘zidan kelmaydi. Futbolchilar maydonda yaxshi o‘ynayotganliklari sababli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Yoshlarimiz ishtirokni shu zaylda davom ettirishsa asosiy tarkibga munosib futbolchilar yetishib chiqadi. Yoshlarimiz ishtirokidagi o‘yinlarni jamoamiz murabbiylari muntazam ravishda kuzatishmoqda. Kelgusida “Navbahor” o‘z tarbiyalanuvchilari bilan ham faxrlanadi degan umiddaman. Qolaversa, klub qoshida tashkil etilgan akademiya ham ish boshlaydi. Bu ham iqtidorli yoshlarni tarbiyalashda bizga asqotadi. Bir so‘z bilan aytganda orzu va niyatlarimiz ulkan. Viloyat rahbarlariga klubni rivojlantirish borasidagi uch yillik dasturini taqdim etganmiz. Hozirda rejalarimizni amalga oshirish ustida ish olib boramiz" - dedi Mo‘minjonov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:55, 21.09.2017.
O'qildi: 3419 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик