Bungacha ular Semedu uchun 30 mln., 30 yoshdan hatlash arafasida turgan Paulinyo, Deulofeu va Marlonga 40 mln.dan sarflagan mutasaddilarni tushunolmay qolishgandi.
Boz ustiga, mazkur transferlar Neymardan judo bo‘lgan muxlislar uchun og‘riq qoldiruvchi vosita vazifasini o‘tashi lozim edi. Bir eslab ko‘ringa, bundan atigi bir necha yil avval MatYE, Vermalen va Duglasni tarkibga qo‘shib olish uchun 45 mln. yevro sarflagan Andoni Subisaretta sport direktori lavozimidan judo bo‘lgandi.
Bugungi kun mezonlariga ko‘ra, Subisaretta chinakam avliyolar safidan joy olardi! Xo‘sh, Kataloniya grandida uning vazifasini kim ado etmoqda? Roberto Fernandes? U qayerdan keldi, o‘zi?
«Vilyarreal» hamda «Valensiya» klublariga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis «Barselona» tarkibida ham 150 martadan ko‘proq maydonga tushgan, umuman, chempionatning 700dan ortiq rasmiy uchrashuvlarida ishtirok etgan, terma jamoa bilan ikki yirik turnirda qatnashgan - bunday ko‘lamdagi ish tajribasiga ko‘pchilik havas bilan qarashi aniq.
Biroq Robertoning murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatli kechmadi. Uning yo‘lboshchiligida «Valensiya» o‘rinbosarlari quyi divizionga yo‘l olishdi, «Kordoba» ham shunday omadsizlik alamini tatib ko‘rdi. Kamtarin jamoalar esa g‘arq bo‘lish onlarini kutib o‘tirmasdan Fernandesdan voz kechishdi.
Xullas, besh yil ichida Roberto faqat o‘z kabinetida o‘tirgan holda qaysidir uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. «Barselona»da har qanday lavozim sohibini aniqlash borasida avvalo, nomzodning asosiy jamoada nechta uchrashuv o‘tkazgani e’tiborga olinadi.
Ana shu «o‘z qadrimiz» «begona» an’anasi bir paytlar Gvardiola va Lucho bosh murabbiy, Begiristayn va Subisaretta sport direktori lavozimlarini egallashlarida muhim rol o‘ynagandi. Roberto ham bu borada kamchiliklardan xoli bo‘lib, yetarli imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ammo...
Roberto Fernandes 2015 yil yozda prezident Jozep Bartomeuning tashabbusi bilan klub tizimidan joy olgandi. Subisarettaning iste’fosidan keyin sport direktori lavozimi bekor qilingandi.
Shu bois, Fernandes bosh jamoaga texnik kotib etib tayinlandi. Mabodo siz bu mavzudan uzoq bo‘lsangizu jamoada transfer masalalariga kim mas’ul ekanini bilmoqchi bo‘lsangiz, kamida besh daqiqa es-hushingizni yo‘qotishingiz aniq.
Texnik kotib? Futbol masalalari bo‘yicha direktor Albert Soler bor-ku?! Aynan shu masalalar bo‘yicha bosh menejer Xosep Segura nima bilan shug‘ullanadi? Sport bo‘yicha direktor va vise-prezident lavozimlarini egallab turgan Jordi Mestrening vazifalari nimadan iborat? Boshqa bir tomonda sport va qo‘shtirnoq ichida futbol bo‘yicha direktor Xavyer Bordas ham tog‘ni talqon qilishga shay turibdi!
Hatto o‘ta chigal ssenariy asosidagi seriallar ham bunchalik ko‘p mavhum qahramonlari bilan maqtana olmaydi. Muxlislar arzini tinglaydigan amaldor esa deyarli yo‘q. Shu bois, ular bor dardu-alamlarini ana shu chalkash tizimning bosh rahbari - bartomeuveteya.ga yubormoqdalar. Ham oson, ham to‘g‘ri yo‘l.
Robertoning «Barselona»ga tashrifi kuchli shov-shuvga sabab bo‘lmadi - ma’lum muddatga transferlardan chetlatilgan jamoada bu soha kimlarga tegishli ekanligi hech kimni qiziqtirmasdi. Dastlabki yozgi oldi-sotdilar ijobiy baholandi: tarkibni Umtiti, Alkaser, Gomesh, Din, Silessen va Denis Suares bilan to‘ldirish uchun jamoa 120 mln. yevro sarfladi.
Tarkibni yoshartirishga e’tibor qaratilayotgani muxlislarni xushnud etdi. Biroq DAVOMI