Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Mirjalol Qosimov: «Dinamo»ga qarshi o‘yinda omad biz tomonda bo‘ldi»

Mirjalol Qosimov: «Dinamo»ga qarshi o‘yinda omad biz tomonda bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Oliy liga 22-turidan o‘rin olgan «Dinamo» - «Bunyodkor» (0:2) uchrashuvidan keyin, «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Mirjalol aka, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Avvalo o‘yin borasida to‘xtalsangiz…

- Bugun jangovor o‘yinga guvoh bo‘ldik. «Dinamo» jamoasi bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi deb ayta olaman. Umuman olganda, bugungi o‘yinda omad biz tomonda bo‘ldi deb o‘ylayman. Chunki, o‘yin boshida standartdan tezkor gol urgan bo‘lsak, ikkinchi bo‘lim boshida ham standart vaziyatini golga aylantirib, ishonchli g‘alabaga erishdik. O‘yin yakunigacha muxlislar tomoshabop o‘yin ko‘rishdi. Qiyin o‘yin bo‘ldi.

- Tezkor gol kutilmagan va o‘ziga xos tarzda kiritildi. Ushbu standart vaziyati ustida mashg‘ulotlarda ko‘rsatma berilganmidi yoki tasodifiy gol?

- Avvalo, gol kiritilgan vaziyatda omad biz tomonda bo‘ldi. Ikkinchidan esa, albatta, bunday vaziyatlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, standart vaziyatlari ustida ish olib boriladi. Mashg‘ulotlardagi ishlarimiz bugun o‘z samarasini berdi.

- «Dinamo» o‘tgan turda Buxorodan durang natija bilan qaytgan edi. Bu jamoa o‘yinini qay daraja o‘rgangan edingiz?

- Albatta, «Dinamo»ni yaxshi o‘rgangan edik. «Dinamo» bizgacha «Qo‘qon-1912», «Paxtakor», «Buxoro» kabi peshqadamlar bilan 0:0 o‘ynagandi. Biz o‘sha o‘yinlarni o‘rganib, tayyorgarlik ko‘rgandik.

- Ishonchli g‘alaba qozonilgan bo‘lsada, shogirdlaringiz o‘yinidan qoniqmagandek bo‘ldingiz…?

- Futbol o‘zi shunaqa o‘yin sport turi, har doim ham barchasidan qoniqmaysiz. Asosiysi g‘alabaga erishdik. Faqat o‘yinimizdagi ayrim jihatlarimizni yanada kuchaytirishimiz kerak.

- Tezkor gollar o‘yin taqdirini hal etdi. Bu sizning qo‘l ostingizdagi «Bunyodkor»ning eng oson g‘alabasi bo‘ldi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

- Yo‘q, aslo bunday fikr noto‘g‘ri. Biz bu uchrashuvga haftalab tayyorgarlik ko‘rgan edik. Omad tufayli tezkor gollar vazifamizni nisbatan osonlashtirgan bo‘lsada, bugungi g‘alabaga erishish uchun ko‘p kuch ishlatdik. Umid qilamanki, yigitlarimiz keyingi o‘yinlarda yanada yaxshiroq to‘p sura olishadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:04, 22.09.2017.
O'qildi: 3502 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик