Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Sho‘rtan» murabbiyi Gennadiy Kochnev: «Natija o‘yinga hos bo‘lmadi»

«Sho‘rtan» murabbiyi Gennadiy Kochnev: «Natija o‘yinga hos bo‘lmadi»

Baho:
+ | -

“Sho‘rtan” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgach o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida, jurnalistlarning savollariga “Sho‘rtan” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Gennadiy Gennadyevich Kochnev javob berdi: 

Birinchi bo‘limga to‘xtaladigan bo‘lsam, shogirdlarim juda yaxshi harakat qilishdi. Birinchi bo‘lib darvozamizdan gol o‘tkazib yuborganimizga qaramay, vaziyatni o‘nglay oldik. Natijada uchta gol kiritib, ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib oldik.

Ochig‘ini aytganda, biz yaxshi ustunlikka ega edik. Ikkinchi bo‘limda, avvaliga ikkinchi keraksiz golni, so‘ngra esa kutilmaganda uchinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Uchchala golni ham standart vaziyatlardan olib chiqolmadik. Raqib asosan ikkinchi qavatda yaxshi ustunlikka ega ekanligi va muayan futbolchilarni individual ravishda nazorat qilish lozimligini futbolchilarimga ta’kidlagan edim.

Aynan shu kabi vaziyatlarni shogirdlarim bilan tanaffus davoimda ham alohida muhokama qilib o‘rganib chiqqandik. Afsuski, shogirdlarim ikkinchi bo‘limda, murabbiylarning ko‘rsatmalarini bajara olishmadi va natija, ko‘rib turganingizdek.

Bundan tashqari, natijaga raqibning “feyr pley”ga umuman amal qilmaganligi ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Futbolchilarim esa o‘z o‘rnida, yutib turganimizga qaramay vaqtni cho‘zmadilar, aksincha hujumlarimizni tezroq boshlab to‘pni maydonda yurishini ta’minlashga harakat qilishdi.

Obid Jo‘raboyevning holati bo‘yicha hozircha bir nima deya olmayman. Sababi yigitlar simulyasiya ishlatmagani aniq. Agar bunaqa bo‘lganida, Jo‘raboyevni shifoxonaga olib ketishmagan bo‘lardi va uning jarohatining darajasi to‘g‘risida tibbiy hulosalar qaydnomaga kiritilmagan bo‘lardi deb hisoblayman.

Umuman olganda, o‘yin natijasidan qoniqmadim. Biz g‘alabaga loyiq o‘yin namoyish etdik. Shunday bo‘lsada, ushbu holatni unutib keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz va xatolarimiz ustida ishlashda davom etamiz.

Manba: www.fcshurtan.uz
Kiritildi: 15:40, 22.09.2017.
O'qildi: 3058 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик