Fransiyaning «Nant» klubi ustozi Klaudio Ranyeri futbolchilarini intizomni bo‘shashtirmaslikka chaqirdi.
Jamoa Fransiya chempionatida 4 o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.
«Agar futbolchilarim sustkashlikka yo‘l qo‘ysa, bu mening aybim bo‘ladi. Agar ular intizomni bo‘shashtirsa, boshini uzib tashlayman. Jiddiy gapiradigan bo‘lsam, futbolchilarim tomonidan e’tiborsizlik qilinishini istamayman», - dedi Ranyeri L’Equipe xabarida.