Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Chelsi» yutqazishi mumkin emas, «MYU»ni esa jiddiy sinov kutmoqda»

«Chelsi» yutqazishi mumkin emas, «MYU»ni esa jiddiy sinov kutmoqda»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Sky Sports telekanali eksperti Pol Merson APLning navbatdagi turi oldidan o‘z prognozlarini bildirib o‘tdi.

«Sauthempton» – «Manchester Yunayted»
«Avliyolar» o‘tgan turda «Kristal Pelas»ga qarshi yomon o‘yin ko‘rsatmagandi. Bu jamoa «Uotford»ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin o‘zini o‘nglay oldi. Ha, ular ko‘p gol urishmayapti, «Manchester Yunayted» kabi jamoalarga qarshi o‘yinda gol urish esa yanada qiyin. Bugungi kunda «qizil iblislar»ning mudofaasi juda yaxshi.

Men shu vaqtgacha «MYU» atrofidagi gaplarga ko‘p e’tibor qaratmadim. Odamlar Joze Mourinyoning jamoasi haqida turligaplarni aytishmoqda. O‘ylaymanki, «Everton»ning o‘yinning dastlabki qismida omadi kelmagandi. Oxirgi 10 daqiqalikda esa «Yunayted» osonlik bilan gollar urib tashladi, bunday holat «Suonsi»da ham kuzatilgandi. Menimcha «Manchester» endi jiddiy sinovdan o‘tadi, lekin men ular yana 3 ochko oladi, deb o‘ylamoqdaman».

«Lester» – «Liverpul»
«Agar Yurgen Klopp shogirdlari o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishganida, ular g‘alabaga erishardilar. Men bunga ishonch bildiraman. Ularga bu ochkolar kerak edi, axir Manchester klublari turnir jadvalida ilgarilab ketdi.

Albatta, «Liverpul» Liga Kubogini ham omadsizlik tufayli tark etdi (jamoa «Lester»ga 0:2 hisobida yutqazdi). Ular birinchi bo‘limda ustunlik qilishdi. Lekin «Liverpul» quruq g‘alabaga erishishi qiyin. «Qizillar» himoyasida muammolar bor».

«Stok Siti» – «Chelsi»
«Chelsi» «Arsenal»ga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsata olmadi. Pedro golli imkoniyatdan foydalana olmadi. Umuman, jamoada vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Menimcha, «Chelsi» g‘alaba qozonishga majbur. Avval aytganimdek, Manchester klublari raqobatchilardan ilgarilab ketmoqda.

Agar «ko‘klar» «Stok»ka yutqazsa, keyin«Manchester Siti»ga yutqazsa, (bu o‘yin 30 sentyabr kuni bo‘ladi) unda farq yana kattalashib ketadi.

Men «Stok»ning bu mavsumdagi o‘yinlaridan yaxshi taassurotda emasman, ayniqsa, «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda. Ular sovrin uchun kurashmasligini ko‘rsatishmoqda. Ular turnir jadvali o‘rtasida yurishga rozi. Lekin bu jamoa «Chelsi»ni yengishga harakat qilib ko‘radi? Bu sensasiyaga aylangan bo‘lardi», – degan ekspert.

Bu turda yana quyidagi to‘qnashuvlarga guvoh bo‘lish mumkin.

23 sentyabr
«Vest Hem» - «Tottenhem»
«Byornli» - «Haddersfild»
«Manchester Siti» - «Kristal Pelas»
«Suonsi» - «Uotford»
«Everton» - «Bornmut»
24 sentyabr
«Brayton» - «Nyukasl»
25 sentyabr
«Arsenal» - «Vest Bromvich»

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 23:37, 22.09.2017.
O'qildi: 8730 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.