Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Akasi yoki ukasi ortidan shartnomaga ega bo‘lgan 9 nafar futbolchi

Akasi yoki ukasi ortidan shartnomaga ega bo‘lgan 9 nafar futbolchi

Baho:
+ | -

Ya’ni o‘sha nomzod futbolchining akasi yoki ukasiga ham shartnoma taklif qilish umumiy vaziyatga ijobiy ta’sir etishi hech gap emas. Quyidagi misollar bunga dalolat.

Kristian va Jonatan Benteke

Jonatan Benteke va «Sulte-Varegem» (Belgiya) o‘rtasidagi shartnoma muddati o‘tgan yili yozda tugadi va futbolchi akasi - Kristian ortidan to‘g‘ri «Kristal Pelas» safiga qo‘shildi. Ammo Angliyada 22 yoshli hujumchini og‘ir hayot kutib turardi.

Har holda, 17ta o‘yinda maydonga tushib, loaqal 1ta gol urmagan futbolchining saviyasi London klubiga muvofiq emasligi shundoq sezilib turardi. Ammo mashhur familiya unga qo‘l kelib, yana bir yil jamoada qoldi.

To‘g‘ri, Jonatan mavsum-2016|2017 mobaynida atigi bitta o‘yinda ko‘rinish berdi, xolos. Aniqrog‘i, «Midlsbro»ga qarshi kechgan va «Pelas»ning chiroyli g‘alabasi bilan tugagan uchrashuvda o‘z akasi o‘rnini egallab, 6 daqiqagina harakatlandi. Mavsum yakunida esa uni qo‘yib yuborishdi.

Janluiji va Antonio Donnarumma

«Milan» yozda vunderkind-darvozabon - Janluiji Donnarummani tarkibda olib qolish yo‘lida ancha jiddiy ishlashiga to‘g‘ri keldi. Hattoki, yosh kiperning ketishiga shubha ham qolgan emasdi, ammo klub rahbariyati vaqtida zarur choralarni ko‘rdi va Milanda ortiq o‘ynamasligini oshkora aytayotgan «Jiji-2» 4 yillik yangi shartnoma ostiga imzo chekishdan o‘zini tiyib turolmadi.

Gap shundaki, «rossonerlar» uning akasi - Antonioni ham jamoaga qabul qilishdi. Bu futbolchi Janluijidan deyarli 10 yosh katta va yoshlar jamoasida uzoq vaqt «o‘tirib» qolgach, 2012 yili milanliklar bilan xayrlashgandi.

Ya’ni unga «Milan»ning asosiy tarkibida maydonga tushish nasib etgan emasdi. Aytgancha, Antonio o‘tgan mavsum Gresiyaning «Asteras» klubi sharafini himoya qildi. Endi esa iqtidorli ukasi sharofati bilan yana «Milan» safiga qaytdi.

Roke va Xulio Santa Krus

Roke Santa Krus «Blekbern» safiga 2007 yili qo‘shildi, bungacha esa naq 8 mavsum mashhur «Bavariya» o‘yinlarida javlon urgandi. Angliya jamoasidagi debyuti ham chakki chiqmadi - paragvaylik hujumchi ilk mavsumda 19ta gol urdi.

Umuman, uning iqtidoriga hech kim shubhalanmasdi, xususan, Mark Xyuz ham. Xullas, ushbu murabbiy 2009 yili Rokeni «Manchester Siti»ga taklif qildi. Ammo goleador hujumchining ukasi - Xulio saviyasi bo‘yicha shubhalar yetarli edi. Bu keyinchalik o‘z tasdig‘ini topdi ham - 2008 yili akasi ortidan «Blekbern»ga joylashgan futbolchi hech nimaga erisha olgani yo‘q.

Xulio Angliyada 3 yil yashagan bo‘lsada, birovning xotirasida qolmadi, chunki asosiy jamoa safida loaqal bir marta maydonga tushmadi, o‘rinbosarlar tarkibida ham ahyon-ahyonda ko‘rinish berib turdi, xolos. Xulio yakunda Paragvayga qaytdi va ayni payt «Deportivo Kapiata» jamoasida o‘ynamoqda.

Klarens va Sedrik Zeedorf

CHLning 4 karra g‘olibi Klarens Zeedorf ko‘rinishidan, shartnoma tuzish chog‘i klublar oldiga ukasi Sedrikni ham ish bilan ta’minlash shartini qo‘ygan, shekilli. Har holda, kenja Zeedorf avvaliga «Real» yoshlar akademiyasi jamoasida o‘ynadi, keyin Klarens ortidan «Inter»-ga bordi.

Shundan so‘ng ma’lum muddat Gollandiya va Italiyaning nomi chiqmagan klublarida akasisiz to‘p surgan Sedrik birdaniga yana katta doirada paydo bo‘ldi. Oddiy aytganda, Klarens «Milan» bilan shartnoma tuzgach, jonajon ukasini oldiga chaqirib oldi.

Rafael va Fabio da Silva

Braziliyalik yosh aka-ukalar - Rafael va Fabio «Manchester Yunayted» tarkibiga bir vaqtda, ya’ni 2007 yili qo‘shilishdi. Muhimi, har ikkisi o‘z iqtidorini imkon qadar ko‘rsata oldi. To‘g‘ri, Fabio doimo akasi soyasida qolgani ham rost.

Taqqoslash uchun aytsak, Rafael «qizil iblislar» libosida 170 marta maydonga tushgan bo‘lsa, Fabio atigi 56ta o‘yinda qatnashish bilan cheklandi. Rafa ayni payt Fransiyada «Lion» sharafini himoya qilyapti, ukasi esa chempionship vakili - «Midlsbro»da qayta bosh ko‘tarishga urinmoqda.

Kaka va Digao

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 00:01, 23.09.2017.
O'qildi: 6210 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.