"Manchester Yunayted"ning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyusson o‘zining jamoadagi faoliyati haqida to‘xtaldi.
"Men «Manchester Yunayted» boshqaruvida o‘tkazgan 1500 o‘yinimdan faqatgina 3 tasini o‘tkazib yuborganman.
Birinchi marta - 1998 yili akamning rafiqasi olamdan o‘tganidan keyin. 2000 yili katta o‘g‘lim o‘ylanganida, nihoyat 2010 yilda David De Xeaning o‘yinini kuzatgani Ispaniyaga borganman", - deydi Ser Aleks Fergyuson.