Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Navbahor»ning o‘yiniga nima soya solmoqda

«Navbahor»ning o‘yiniga nima soya solmoqda

Baho:
+ | -

Xo‘sh, «Navbahor» nima uchun bahslarning yakuniy bosqichida harakatni bo‘shashtirib yubormoqda, jamoaviy mexanizmda nega parokandalik ko‘zga tashlanmoqda? Murabbiy nima sababdan o‘yinni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar o‘rniga boshqa o‘yinchilar tushmoqda?

Yana o‘sha eski gap: futbolchilarning o‘yinga tayyorgarlik holati faqat murabbiyga ma’lum. Futbolimizdagi salbiy holatlar mana shunday aqidaviy qarashlardan boshlanmoqda.

Ha, namanganlik muxlislar «Navbahor»ning har qanday g‘alabasini qadrlay bilishadi. Ayni chog‘da ular ham yirik hisobli yutuqlar, chiroyli va mazmunli o‘yinlarni xush ko‘rishadi. Shu ma’noda «Metallurg» ustidan qozonilgan qiyin g‘alaba ularni sevintirdi, albatta. Lekin o‘yin saviyasi va jamoaviy harakatlar masalasida xavotir borligi aniq.

Oybek Qilichev yoki Azizbek Turg‘unboyev kabi futbolchilarning o‘yinlari muxlislarga manzur, ammo jamoada alohida ajralib turadigan tandem yoki trioning ko‘zga tashlanmayotgani tashvishlanarli hol.

G‘alabani ushlab qololmaslik yoki hisobda oldinga chiqqach, xotirjamlikka berilish oqibatida mantiqsiz gollar qo‘yib yuborish, 90 daqiqalik ruhiy va jismoniy bosimga chidamaslik kabi noxush holatlar ham «Navbahor» o‘yini saviyasiga soya soluvchi muammolardan hisoblanadi.

O‘ylaymizki, mazkur kamchiliklarni Ilhom Mo‘minjonovning o‘zi ham yaxshi biladi. Shunday ekan, barchasini vaqtida bartaraf etish - uning murabbiy sifatidagi burchi. Zero, «Navbahor» muxlislari unga ishonishadi. Shu ishonchga putur yetkazmaslik avvalo, murabbiyning o‘ziga bog‘liq. Ehtimol, Mo‘minjonov zaxira o‘rindig‘idan, ijrochilar yetishmasligidan nolir. U holda savol tug‘iladi:

Tohir Shamsiddinov nima sababdan «Navbahor» emas, balki «Buxoro» o‘yinini kuchaytirish uchun to‘p surmoqda? Nima, «lochinlar» ichki muhitida ham «Bonuchchi sindromi» mavjudmi? Agar shunday bo‘lsa, futbolchining jamoadan ketishi muammoning yagona yechimimi? Harqalay, muammoni ijobiy hal qilish imkoni hamisha mavjud. Hamma gap mana shu imkondan foydalanishda.

«Navbahor» va «Neftchi»  qayta uyg‘onolmayapti. Farg‘ona klubini hattoki, Vadim Abramovdek murabbiy ham uyg‘otolmayotgani achinarli.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 10:23, 24.09.2017.
O'qildi: 3918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик