Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Futbol klubi prezidenti o‘zini tanqid qilgan jurnalistni stadionda do‘pposladi

Futbol klubi prezidenti o‘zini tanqid qilgan jurnalistni stadionda do‘pposladi

Baho:
+ | -

“Sion” futbol jamoasi rahbari Kristian Konstantin va uning o‘g‘li tomonidan sport sharhlovchisining kaltaklanishi tasvirlangan videolavha internetda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqida Russian Today​ telekanali xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, payshanba kuni “Lugano” jamoasiga qarshi safardagi o‘yinda g‘alabaga erishgandan so‘ng, “Sion” prezidenti Kristian Konstantin tomoshabinlar ko‘z o‘ngida Rolf Fringer ismli jurnalistga hujum qilgan. Konstantin tomonidan jurnalistning urib yiqitilishi va yiqilgan sharhlovchi kaltaklanishini kameralar suratga olgan.

“Sion”ning egasi jurnalistni yiqitgandan so‘ng ham tepkilashda davom etgan va unga qarshi bir necha bor zarba bergan. Jurnalistning aytishicha, klub rahbari bilan qarama-qarshilik “Lugano”ga qarshi o‘yin davom etayotgan vaqtdayoq boshlangan. Prezidentning o‘g‘li jurnalistga hujum qilgani kameralar tomonidan suratga olinmagan. O‘yindan tugagandan so‘ng, klub prezidenti o‘g‘lining ishini «davom ettirib» qo‘ygan.

Janjalga sport sharhlovchisi tomonidan yozilgan tanqidiy maqola sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Rolf Fringer o‘z maqolasida “Sion” prezidentini keskin tanqid ostiga olgan va uni xudbinlikda ayblagan. O‘z qilmishiga izoh berar ekan, Konstantin jurnalist o‘z maqolasida uni haqorat qilgani va buning uchun unga dars berib qo‘yishga ahd qilganini aytgan. Prezident 60 yoshli jurnalistni kaltaklagach, o‘zini yaxshi his qila boshlaganini ham qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, hozirda televideniyeda sport sharhlovchisi sifatida ishlayotgan Rolf Fringer 1990-2012 yillar davomida murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullangan. Avstriyalik sobiq murabbiy 1996-1997 yillarda Shveysariya terma jamoasini ham boshqargan. U bilan tengdosh bo‘lgan Kristian Konstantin esa 2003 yildan beri “Sion” jamoasiga egalik qiladi. Uning boshqaruv davrida jamoa 4 marta Shveysariya kubogini qo‘lga kiritgan.

Manba: sof.uz
Kiritildi: 09:36, 25.09.2017.
O'qildi: 6424 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик