Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Prevyu: «So‘g‘diyona» - «Nasaf»

Prevyu: «So‘g‘diyona» - «Nasaf»

Baho:
+ | -

“Nasaf” qoldirilgan 19-tur uchrashuvini  safarda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi bilan o‘tkazadi. Uchrashuv 26 sentyabr seshanba kuni “So‘g‘diyona” markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

“So‘g‘diyona” va “Nasaf” jamoalari milliy chempionat doirasida bungacha o‘zaro 33 marotaba kuch sinashgan. Shulardan 26ta o‘yinda “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan. 1ta o‘yinda o‘zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 6 uchrashuvda “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zaro uchrashuvlarda 102 marta darvozalarga gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida – 73:29.

“So‘g‘diyona” futbolchilari so‘nggi marta 2008 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan keyingi o‘zaro bo‘lib o‘tgan 13 uchrashuvda jamoamiz ketma-ket g‘alaba qozonib kelmoqda.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bu yil G‘uzorda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, “Nasaf” yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Dragan Cheran (2), Odiljon Hamrobekov va Bobir Abduxoliqovlar mualliflik qilishgan.

Jizzaxda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Jizzaxda o‘zaro 16ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 5 marta “So‘g‘diyona” jamoasining, 11 marta “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan.Jamoalar Jizzaxdagi o‘zaro uchrashuvlarda durang qayd etishmagan. Darvozalarga jami 44ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ustunlik jamoamiz tomonida - 14:30.

Ushbu jamoalar 1997 yilgi mavsumdan o‘zaro maydonga tushgan bo‘lsalarda, “Nasaf” safardagi ilk g‘alabasini 2000 yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan. Bu uchrashuvda jamoamiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, uchrashuvdagi golni Rustam Abdullayev kiritgan.

“So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida so‘nggi bor “Nasaf”ni 2008 yili mag‘lubiyatga uchratgan.

O‘zaro qayd etilgan yirik hisoblar

Jamoamiz jizzaxliklarni eng yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgan. “So‘g‘diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g‘alabaga erishgan. 

O‘zaro o‘yinlarda “ajdarlar” olti marta yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016 yil, 4:1 – 2004, 2009, 4:0 - 2017).

Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarda eng “yaxshi ko‘rgan” hisobi - 2:1 yoki 1:2dir. O‘zaro o‘tkazilgan 31 uchrashuvda bu hisob 9 marta takrorlangan.

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar

O‘zaro o‘yinlarda Zafar Xolmurodov jizzaxliklar darvozasini 8 marta nishonga olgan. Hanuzgacha hech bir futbolchimiz jizzaxliklar darvozasini shuncha ishg‘ol eta olmagan. Shuningdek,  Baxtiyor Davlatov va ayni paytda jamoamizga bosh murabbiylik qilayotgan Ro‘ziqul Berdiyev va jamoamizning sobiq futbolchisi Bahodir Annamatovlar o‘zaro o‘yinlarda 3 martadan “So‘g‘diyona” darvozasini ishg‘ol qilgan.

Shu yerda mazkur jamoalar to‘purarlari haqida ham to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildik. Demak, ayni paytda “So‘g‘diyona” jamoasining to‘purarlari ro‘yxatini Sanjar  Rashidov boshqarib bormoqda. Uning hisobida 12ta to‘p bor. “Nasaf” jamoasining  to‘purari hamon Dragan Cheran bo‘lib turibdi. U raqiblarimiz darvozasini 13 marta ishg‘ol qilgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

 “So‘g‘diyona” jamoasi o‘tgan 21 uchrashuvdan so‘ng 23 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog‘onasida bormoqda. “So‘g‘diyona” o‘tgan 22-tur uchrashuvini safarda “Neftchi” jamoasi bilan o‘tkazib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” jamoamiz o‘tgan tur uchrashuvini safarda “Obod” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va yirik 6:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hozirgi paytda “ajdarlar” 38 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 2-pog‘onasini egallab turishibdi.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 25 sentyabr dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bu uchrashuv Jizzax shahridagi klub qarorgohi maydonida soat 15:00da boshlanadi. 

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:56, 25.09.2017.
O'qildi: 4036 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.