Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ashxobod – 2017: Bugun ham o‘zbekistonlik sportchilardan faqat oltin kutamiz

Ashxobod – 2017: Bugun ham o‘zbekistonlik sportchilardan faqat oltin kutamiz

Baho:
+ | -

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Avvalroq, o‘zbek milliy kurashi vakillari O‘zbekiston delegasiyasisiga medallar shodasini taqdim etishgan edi. O‘zbekiston delegasiyasining kecha, 24 sentyabr kuni erishgan natijalari bilan tanishtirib o‘tishni lozim topdik.

Demak, sambo bo‘yicha vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida o‘zbekistonlik sportchi Sarbon Ernazarov mo‘g‘ulistonlik Tseden Rakxanjav, turkmanistonlik Muhammad Ko‘ssekov, so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Bekmurod Meredovni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. 90 kilogrammgacha vazn toifasida mahoratli polvon Ne’mat Yoqubovga esa teng keladigani topilmadi.

Sambo bahslarida Rahmatjon Ahmedov kumush, Islomjon Azimov, Lutfilla Saydamatov, Istam Qudratov, Nodira Gulova, Gulnoza Ziyoyeva o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov final bellashuvida eronlik Husain Chamazkoti Ilyosni 12:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 57 kilogrammgacha vazn toifasida Mahmudjon Shavkatov qozog‘istonlik Gabit Tolepboyni 6:2 hisobida yengdi. Shu tariqa Bekzod va Mahmudjon terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘yishdi.

Og‘ir atletika bahslarida Ivan Yefremov dast ko‘tarishda 190 kilogrammlik, siltab ko‘tarishda esa 221 kilogrammlik shtangani bo‘ysundirdi va yakunda umumhisobda 411 kilogramm natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Shuningdek Farhod Sobirov 391 kilogramm, Omadoy Otaqo‘ziyev 231 kilogramm natija bilan kumush medalni ko‘lga kiritdi. Yana bir og‘ir atletikachi Dolera Davronova bronza medal bilan taqdirlanishdi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning yarim finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, finalda Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi medallar sifati bo‘yicha 2-o‘rinni, medallar soni bo‘yicha esa 4-o‘rinni egallab turibdi. Umumjamoa hisobida hozircha 21 oltin, 28 kumush, 57 bronza — jami 106 medallar mavjud bo‘lib, musobaqa mezboni Turkmaniston delagasiyasida 79 ta oltin, 58 ta kumush, 69 ta bronza — jami 206 ta medal bor.

Undan keyingi o‘rinda joylashgan xitoylik sportchilar 23-21-17 ko‘rsatkich bilan 61 ta medal to‘plashgan. 3-o‘rindagi Eron terma jamoasi 22-18-49 natija bilan 89 ta medal jamg‘arib turishibdi.

O‘zbekistondan bir o‘rin pastda joylashgan Qozog‘iston terma jamoasi sportchilari 20 ta oltin 18 ta kumush va 27 ta bronza medallarga ega bo‘lishgan. Bu esa O‘zbekiston delegasiyasi sportchilari bugungi bellashuvlarda faqat oltin medallar olishga jiddiy harakat qilishlari kerakligini bildiradi. Chunki Qozog‘iston terma jamoasi oltin medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekistondan atigi bitta medalga ortda borishmoqda.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 13:56, 25.09.2017.
O'qildi: 4449 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.