«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Real» klubi sha’niga iliq so‘zlarni gapirdi.
«Barselona» va «Bavariya»ning sobiq ustozi madridliklarning o‘yinidan estetik zavq olayotganini tan oldi.
«Real»ning o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlayapti. Ular yuqori texnikaga ega futbolchilar bilan juda zo‘r o‘ynamoqda.
Zidan bosh murabbiy bo‘lgach, ular tomoshabop va hujumkor o‘yin namoyish qilmoqda. Bu menga yoqyapti», — dedi Gvardiola AS xabarida.