Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Chempionlar ligasi. "Borussiya" D - "Real" (prevyu)

Chempionlar ligasi. "Borussiya" D - "Real" (prevyu)

Baho:
+ | -1

Bugun Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqich 2-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Mazkur tur bir necha guruhlarda markaziy o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Ular orasida shubhasiz "Borussiya Dortmund" - "Real" uchrashuviga bo‘lgan qiziqish yuqori darajada bo‘ladi.

uzreport.news sayti sizning e’tirboringizga mazkur uchrashuvdan oldin bir necha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etadi.

 

"Borussiya" - "Real" prevyusi.

Yevropa chempionlar ligasi. "H" guruhi. 2-tur.

Dortmund. "Signal Iduna Park" stadioni.

Hakam: Byorn Keypers (Gollandiya)

 

Diskvalifikasiyalar: yo‘q

Jaroxat olganlar: Shmelser, Roys, shyurrle, Durm, Gerreyro, Rode - Marselo, Teo, Valexo, Kovachich, Benzema.

 

Taxminiy tarkiblar:

Borussiya - Byurki, Pishchek, Papastatopulos, Bartra, Tolyan, Kagava, shahin, Gyose, Yermolenko, Dahud, Obameyang.

Real - Navas, Nacho, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Kroos, Isko, Beyl, Ronaldu.

 

Dortmundning "Borussiya" va Madridning "Real" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar Yevropa chempionlar ligasida an’anaga aylanib bormoqda. To‘rt, uch yil avval va o‘tgan mavsumda bu ikki jamoa o‘rtasida qiziqarli uchrashuvlar guvohiga aylangan edik. Mana ularning yo‘li yana to‘qnash kelmoqda. Mazkur to‘qnashuvlarni esa bir narsa birlashturadi, ya’ni ularni barchasida "Borussiya" favorit sifatida ko‘rilmagan. Lekin endi, vaziyat boshqacha. O‘z chempionatida ajoyib startni amalga oshirgan "asalarilar", La Liga o‘z o‘yinini tola olmayotgan "qaymoqranglilar"ga qarshi bahsda endi "Real" g‘alaba qozonishiga ko‘pchilik shubhalanmoqda.

Bundesliganing so‘ngi turida Myunxengladbahning "Borussiya"siga 6ta gol urgan Bosh shogirdlari mazkur bahsga ham yaxshi kayfiyatda tashrif buyurishmoqda. Qiziq tomoni shundaki dormundliklar o‘sha o‘yinda bir necha yetakchilarsiz bu natijaga erisha olishdi.

"Real" esa La Ligada "Alaves" mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida zadar quchdi. shu tariqa Zidan shogurdlari inqirozdan chiqishda davom etishmoqda. "Borussiya"ga qarshi uchrashuv qaydnomasida "Alaves"ga qarshi bahs qahramoni bo‘lgan Dani Sebalyos va bu pozisiyada asosan to‘psuradigan Toni Kroosni ham kiritilishi madridlik muxlislarni xursand qilgani aniq.

Lekin qolgan yo‘qotishlar borasida o‘zgarish yo‘q. Marselo, Teo, Benzema davolanishda davom etishmoqda. Kovachich maydonga qaytishiga esa yana bir yarim, ikki oy muhlat kerak. Lekin fransiyalik mutaxassis uchrashuv ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi: "Biz Dortmundda hali yutmaganimizni yaxshi bilamiz, lekin buni o‘zgartirish vaqti keldi".

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 13:47, 26.09.2017.
O'qildi: 7856 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.