Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCH–2026 yarim finalida Angliyaga qarshi bahsda jahon chempionatlari tarixida yana bir rekordni o‘rnatdi.
39 yoshli argentinalik uchun bo‘lajak uchrashuv mundiallardagi 33-o‘yini bo‘ldi. Shu tariqa Messi jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatidagi yetakchiligini yanada mustahkamlaydi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (27 ta o‘yin) va germaniyalik afsona Lotar Matteusni (25 ta o‘yin) ortda qoldirgan.
Bundan tashqari, Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham hisoblanadi. Uning hisobida 21 ta gol mavjud. Shuningdek, argentinalik yulduz 10 ta golli uzatma bilan ushbu musobaqa tarixidagi eng yaxshi assistent ham sanaladi.
JCH–2026 yarim finalida Angliya va Argentina Atlanta shahrida o‘zaro bahs olib bormoqda. Uchrashuv g‘olibi finalda Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.













