Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

“Manchester Yunayted” o‘tgan mavsum rekord miqdorda daromad ko‘rdi

“Manchester Yunayted” o‘tgan mavsum rekord miqdorda daromad ko‘rdi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi moliyaviy hisobotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “qizil iblislar” 2016–2017 yil mavsumida 581 mln funt daromad topgan. Sof foyda esa 80.8 millionni tashkil etadi.

Ushbu ko‘rsatkich 2015/16 yil mavsumida 515,3 million, sof foyda 68,9 millionni tashkil etgandi. Jamoa o‘tgan mavsumda avvalgisidan 66 million ko‘proq daromad topishga erishgan, sof foyda orasidagi farq esa 11,9 millionga teng.

“Manchester Yunayted”ning maoshlar haqidagi bayonotiga ko‘ra 263.5 mln funt, ya’ni, o‘tgan mavsumdagiga qaraganda 31.3 millionga ko‘proq ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-Ligasi jamoalari orasida futbolchilariga eng ko‘p maosh to‘layotgan jamoa hisoblanadi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” qarzlarini ham kamaytirishga erishdi. Jamoa egasi hisoblanmish, Gleyzerlar oilasi qarzlarini 2005 yilda jamoani sotib olganidan keyin 260.9 milliondan 213.1 millionga kamaytirdi.

“Qizil iblislar”ning umumiy foydasi mavsum yakuniga ko‘ra, 585 million funtgacha oshishi kutilmoqda.

“MYU” 1992/93 yildan beri sovrinlar orqali 1 milliard funt ishlab olgan ilk jamoa bo‘lgandi. Ma’lumot uchun, “Forbes”ning yangi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” dunyoning eng boy jamoasi hisoblanadi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 13:49, 26.09.2017.
O'qildi: 5404 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.