Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bugun, 26 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan “Shaxtyor”ga qarshi uchrashuv oldidan jamoadagi o‘zgarishlar va ishonch bildirayotgan shogirdlari haqida gapirib o‘tdi.
Gabriel Jezus haqida
“...Endi bizda men ishongan 5 nafar hujumchi bor. Ular haqiqiy futbol ustalari. Jezus maydonda o‘zining barcha jihatlarini ko‘rsatmoqda, uning harakatlaridan mamnunman.
Jezus Agueroga gollar urishda yordam beradi, hujumda esa bosimkor o‘yinni xush ko‘ryapti. U — jamoadagi yetishmovchiliklarni asta-sekin to‘g‘irlamoqda. Umuman olganda, Jezuz “Manchester Siti”ga juda ham kerakli futbolchi.
Asosiysi Gabriel yosh. U har kuni og‘ir mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda va har bir o‘yinda gollar urish uchun kurashmoqda. Ko‘rinib turibdi, oradan vaqtlar o‘tib, Jezus dunyo darajasidagi hujumchi bo‘lib yetishadi”.
Leroy Sane haqida
“Sanening xususiyatlari haqida gapiradigan bo‘lsam, u xuddi germaniyalik futbolchilar kabi maydonda harakat qiladi. Sane 30–40 metrni tezda yugurib o‘ta oladi. Buni ketma-ket bajarishga ham yetarli kuch to‘play oladi.”
O‘tgan va bu mavsumdagi farqlar haqida
“Biz hozir ham xuddi o‘tgan mavsumdagi kabi o‘ynayapmiz. Biroq, esingizda bo‘lsa, jarima zarbalaridan to‘liqligicha foydalana olmayotgandik.
Ayni damda “Manchester Siti” raqib jarima maydoniga yetib borsa, ular qanday kuch bilan himoyalanishini tushunib boryapmiz”.
“Siti”dagi o‘zgarishlar haqida
“Bu haqda gapirishga hali erta deb o‘ylayman. Avvaldan taniydigan futbochilar bilan birga ishlayapman. Hozircha nimadir yutdik, deya baland parvoz ohangda gapira olmayman.
“Manchester Siti” — “Chelsi” yoki “Manchester Yunayted” urayotgan gollardan qo‘rqmaydi. Ular bilan faqatgina sovrinlar bo‘yicha bellashishimiz mumkin. Angliyada mavsum endi boshlandi.
Chempionlik uchun kamida 5 ta jamoa kurashishiga shubham yo‘q. Shu sababli hozir sovrin emas asosiysi jamoa tayyorgarligiga jiddiy e’tibor qaratmoqchiman. O‘yindagi o‘zgarishlar haqida gapirishim mumkin, biroq sovrin olish haqida gapirmayman”, deydi Pep Gvardiola.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” dunyoning eng kuchli chempionati hisoblanmish Angliya Premyer-Ligasining 6-turidan keyin 16 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ispaniyalik mutaxassis — Xosep Gvardiola jamoani 2016 yilning fevralida qabul qilib olgandi.
Shuningdek, “Manchester Siti” bugun, 26 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turida Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Akmalxon Eshonxonov
Van Basten: "Atletiko" uyalishi kerak" [4610]
"Real" Alaba va Militao o‘rniga ikki yulduz markaziy himoyachi tanladi [3107]
Amorim "MYU"ga yulduz hujumchi topib qo‘ydi [2405]
"Barselona"ning muvaffaqiyatsizliklariga sabab aniq! [2388]
La Liga. "Barselona" - "Atletiko" - 1:2 (videosharh) [2383]
Boks. Usik - Fyuri jangi videosharhi [1782]
Pedri alamli mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi? [1686]
Flikning "Barsa"si Xavinikidan ko‘ra yomonroq natija ko‘rsatmoqda [1681]
Zo'r TV 22 dekabr kuni «Real Madrid» - «Sevilya» o‘yinini jonli translyasiya qiladi [1524]