Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini birinchi o‘rinda yakunladi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini birinchi o‘rinda yakunladi

Baho:
+ | -

Ashxobodda davom etayotgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha bellashuvlar yakunlandi.

Sportning ushbu turi bo‘yicha tashkil etilgan bahslarning so‘nggi kunida eng og‘ir vazndagi polvonlar o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.

105 kilogrammdan yuqori vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Rustam Djangabayev dast ko‘tarishda 199 kg, siltab ko‘tarishda 243 kg, umumiy 442 kg. natija bilan Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Rustam eng yaqin ta’qibchisi turkmanistonlik Xojamuhammad To‘ychiyevni 11 kilogrammga ortda qoldirib ketgani e’tiborga molik.

Bir kun avval o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Ivan Yefremov ham shohsupaning eng yuqorisiga ko‘tarilib oltin medalni qo‘lga kiritgandi. -105 kg. vazn toifasida kurash olib borgan Yefremov umumiy 411 kg (190, 221 kg.) natija bilan ishonchli tarzda oltin medaliga sazovor bo‘ldi va u ham eng yaqin ta’qibchisi eronlik Ali Xoshimini roppa rosa 10 kilogrammga ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, Doston Yoqubov, Ulug‘bek Alimov, Shahzod Xudoyberganov va Farxodbek Sobirovlar o‘z vazn toifalarida kumush medalga sazovor bo‘lib umumiy delegasiyamiz muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shishdi.

Ana shu tariqa olti vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib borgan atletlarimizning barchasi sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi. Natijada 2 ta oltin va 4 ta kumush medallariga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarida erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgandi.

Og‘ir atletika bo‘yicha qizlar terma jamoamiz ham musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Demak, o‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslar yakuniga ko‘ra delegasiyamiz hisobiga umumiy 2 ta oltin, 6 ta kumush hamda 1 ta bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.

Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan 11 nafar atletimizdan to‘qqiztasi yakunda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi. Ana shu tariqa Turkmaniston poytaxtida barchamiz og‘ir atletikachilarimizning navbatdagi muvaffaqiyatiga guvoh bo‘ldik.

Erkin kurash bo‘yicha terma jamoamizning musobaqadagi ishtiroki ham tahsinga sazovor. O‘zbekiston sport kurashlari Assosiasiyasi “Ashxobod 2017” musobaqasiga erkin kurash bo‘yicha beshta sportchini ro‘yxatdan o‘tkazgandi.

Yakunda ularning barchasi sovrindorlar safidan joy olishdi. Mahmudjon Shavkatov (-57 kg.), Bekzod Abdurahmonov (-74 kg.) va Davit Modzmanashvili (125 kg.) musobaqada barcha raqiblarni mag‘lub etib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

Umidjon Ismanov (-86 kg.) ham finalga qadar bo‘lgan masofani mag‘lubiyatsiz bosib o‘tdi. Faqatgina hal qiluvchi bahsda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib kumush medali bilan cheklandi.

– 70 kg. vazn toifasida gilamga chiqqan Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori Ixtiyor Navro‘zov esa bronza medaliga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, ayollar kurashi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda ishtirok etgan Dauletbike Yaxshimuratova (-48 kg.) va Sevara Eshmuratova (-53 kg.) lar delegasiyamiz hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.

Bugundan musobaqada yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar boshlab yuborildi. Umid qilamizki sport kurashlarining ushbu yo‘nalishida ham hamyurtlarimiz zafarli yurishlarini davom ettirishadi.

Sambo bo‘yicha musobaqada ham vakillarimizdan medallar shodasini kutgan edik. Sarbon Ernazarov (-68kg) to‘rtta uchrashuv o‘tkazdi. Turkmanistonlik Begmurat Meredovni finalda mag‘lub etib, chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi. Ne’mat Yakubov (-90kg) ham hal qiluvchi jangda mezbonlardan biri Ruslan Esgerovdan ustun keldi va oltin medal bilan taqdirlandi.

Rahmatjon Ahmedov (-57kg) turkmanistonlik Axmet Tanriberdiyevga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi. Lutfilla Saydamatov (-57kg) va Istam Qudratov (-74kg) mos ravishda turkmanistonlik Batir Durdiyev va Serdar Jo‘raquliyevni mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Islomjon Azimov (-100kg) mo‘g‘ulistonlik Dalaydorj Arlunbatni dog‘da qoldirib, uchinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasida Nodira Gulova (-48kg) va Gulnoza Ziyayeva (-60kg) mezbonlar bilan bahsda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Tennis kortida Farruh Do‘stov hindistonlik Nagal Sumitga yarim final uchrashuvida 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va bronza medali bilan uyga qaytadigan bo‘ldi.

Artyom Kozlyuk 50 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha 23.47 soniya natija bilan marraga uchinchi bo‘lib keldi. Artyom Kozlyuk, Aleksey Tarasenko, Xurshidjon Tursunov va Danil Bukindan iborat kvartet erkin usulda 4x50 metrga suzish bo‘yicha 1:28.79 daqiqa natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Basketbol 3x3 bo‘yicha (qizlar o‘rtasida) mamlakat terma jamoa qizlari Xusnitdinova Yelena, Koneva Natalya, Averyanova Irina va Samatova Aliyalar 4 ta uchrashuv o‘tkazib final bahsida Taylandlik sportchi qizlarga 20:22 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va kumush medalini qo‘lga kiritdilar. Finalda Yelena Xusnutdinova (8 ochko), Natalya Koneva (9), Irina Averyanova (2) va Aliya Samatova (1) Tailand terma jamoasiga qarshi munosib o‘yin namoyish etishdi.

Bahsning asosiy vaqti durang (20-20) bilan yakunlandi. Chempionni aniqlash uchun bahs “oltin to‘p”gacha davom ettirildi. Afsuski, omad raqiblarga kulib boqdi. Lekin kumush medallar ham bizda endigina o‘z joyini topishga urinayotgan o‘yin uchun juda yaxshi natija.

Yarim finalda yaponlarni yenggan futzalchilarimizni finalda Eron terma jamoasiga qarshi murakkab bahs kutib turibdi. Ushbu uchrashuv bugun soat 19:00da start oladi. E’tiborlisi shundaki, bunday yirik musobaqalar tarixida ilk bor jamoaviy sport turlarida ikki jamoamiz finalga chiqdi.

Ayni payta o‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 23 ta oltin, 30 ta kumush va 64 ta bronza — jami 117 ta medal to‘plab, sovrinlar sifati bo‘yicha jadvalning 4-pog‘onasidan joy olishgan. Medallarning umumiy soni bo‘yicha oladigan bo‘lsak, vakillarimiz mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda borishmoqda.

1-o‘rinda turnir mezbonlari — Turkmaniston sportchilari hisobida 85 ta oltin, 65 ta kumush, 81 ta bronza — jami 231 ta medal bor.

2-o‘rindagi xityolik sportchilar 35-24-22 ko‘rsatkich bilan 81 ta medal to‘plashgan.

3-o‘rindagi Eron sportchilari 26-18-59 natija bilan 103 ta medal jamg‘arishgan. Musobaqalar ertaga, 27 sentyabr kuni nihoyasiga yetadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:11, 26.09.2017.
O'qildi: 5639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.