Aziz futbol muxlislari! O‘qimang emas, o‘qing! Axir quyida keltirilgan mulohazalar yillar davomida qalbingizni kemirib kelayotgani rost...
Hech kimga sir emaski, XXI asr texnologiyalar asri. Olimlar odamlarning maishiy turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida har xil robotlar ishlab chiqarishmoqda. Ular esa insoniyatning katta hajmdagi qiyin ishlarini o‘zlari bajarib, yuqori darajada foyda keltirmoqda.
Tan olaylik, ayni damda O‘zbekistonda ayrim davlatlarda yaratilgan sharoit yoki imkoniyatlarning deyarli hammasi yo‘q. Uzoq emas, yaqin Qatar va Saudiya Arabistoni davlatlarining futbol bo‘yicha milliy chempionatlariga razm solamiz. Ularda shunday texnikalar borki, futbolning rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Keling, oddiy muxlis sifatida so‘raymiz...
Siz O‘zbekiston milliy chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning jismoniy holatidan xabardormisiz?
Ular bir o‘yinda o‘rtacha qancha kilometr masofani yugurib o‘tadi? Nega marta aniq va noaniq harakatlar bilan to‘p uzatadi?
Futbolchilarning maksimal tezligi qancha?
O‘yin davomida raqib darvozasi tomon necha marta zarba beriladi? Zarbalarning kuchi qanday?
Xo‘sh, siz bu savollarga javob bera olasizmi...
Kim bu borada bizga baralla ovozda “MEN” deb javob berarkin?
Klub matbuot xizmati vakillarini to‘g‘ri tushunamiz. Ularning kundalik vazifalari bilan yaxshi tanishman. Katta hajmdagi ishlarni o‘z bo‘yniga olishgan. Ammo o‘yin yakunlanganidan keyin jilla qursa “uchrashuv statistikasi” ham taqdim etishmaydi.
Ko‘ryapsizmi? O‘zbekistonda shu jihat borasida biror sayt aniq ma’lumotlarni tarqatmaydi. Hatto Birinchi liga jamoalarining matbuot kotiblari ba’zida Oliy Liga jamoalaridagi hamkasblaridan yaxshiroq ishlashmoqda.
Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarini ko‘rasiz. Bu natijalarning barchasi onlayn tarzda hisoblab boriladi hamda UYEFA rasmiy saytida e’lon qilinadi. Teletranslyasiyalar davomida namoyish etib boriladi.
Aslida, bunday texnologiyani O‘zbekistonga jalb etish qiyinmas. Futbolchilarning oyoq kiyimi (butsa) tagida maxsus chip qo‘yiladigan joyi bor. Davomi