«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani «Bavariya»ga (3:0) qarshi YECHL o‘yinidan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbolchi barchani Neymar bilan yuzaga kelgan mojaroni unutishga chaqirdi.
«Bizning hulq-atvorimiz turlicha. Hayot tarzimiz, dunyoqarashimiz har xil. Ammo maydonda ahil oila bo‘lishimiz va barchamiz uchun umumiy bo‘lgan vazifa - g‘alaba uchun yakdil harakat qilishimiz lozim», — dedi Kavani.