Kirish Ro'yxatdan o'tish

Morata xotini uydan haydab yubormoqchi bo‘lganini tan oldi

Morata xotini uydan haydab yubormoqchi bo‘lganini tan oldi

Baho:
+-1 | -

"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata mavsum boshida og‘ir damlarni boshidan kechirganini aytdi.

Futbolchi jamoasi tarkibidagi ilk rasmiy o‘yin - "Arsenal"ga qarshi Superkubok bahsida penaltini aniq amalga oshirolmagandi.

"Yangi jamoa tarkibidagi debyutim omadli bo‘lmadi. Men ilk o‘yindayoq xatoga yo‘l qo‘ydim. Amalga oshirilmagan penaltidan so‘ng, bir necha kun o‘zimga kelolmadim. Ko‘p noliganim sababli, xotinim ham uydan haydab yubormoqchi edi.

Ammo, keyinchalik o‘zimga kelib, iroda namoyish qildim. Endi hammasi joyida. Umid qilamanki, shunday o‘yin namoyish qilishda davom etaman" - dedi Alvaro 101greatgoals xabarida.

Morata mavsum boshidan buyon "Chelsi" tarkibida o‘tkazgan 8ta o‘yinida 7ta gol urib, 2ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 18:27, 29.09.2017.
O'qildi: 10240 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.