Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

OFK yosh va istiqbolli hakamlarni sinovdan o‘tkazadi

OFK yosh va istiqbolli hakamlarni sinovdan o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Shu yilning 3–5 oktyabr kunlari Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) tashkilotga a’zo federasiyalarning yosh va istiqbolli futbol va futzal hakamlari uchun Kuala-Lumpur shahrida maxsus sinov kurslarini tashkil qiladi.

Unda 3 nafar o‘zbekistonlik referi – Ahrol Risqullayev (futbol – suratda markazda) hamda Jamoliddin Qosimov va Iskandar Zoitov (ikkisi ham futzal) ishtirok etadi. Jarohati tufayli Dmitriy Pislegin Kuala-Lumpurga bora olmadi. Sinov kurslariga chaqirilgan hakamlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:

         FIFA ro‘yxatidan o‘tgan;          2018 yil 1 yanvar holatiga 35 yoshdan oshmagan;          mamlakat chempionatida o‘yinlar boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;          va ingliz tilini bilishi kerak.

Ishtirokchilar sinov davomida fitnes-test, video-test va “Futbol (futzal) o‘yini qoidalari” bo‘yicha imtihon topshiradi. Futbol bo‘yicha hakamlar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, o‘z mamlakatida yana 2 marta sinovdan o‘tadi va yakunda OFK hakami maqomiga ega bo‘ldi. Ushbu sinovlardan o‘tgan futzal hakamlari esa OFK hakami maqomiga ega bo‘lib, xalqaro uchrashuvlarni boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.

Sinov kurslari davomida, shuningdek, O‘zbekiston futzal hakamlari bo‘yicha bosh mutaxassis, tajribali futzal hakami Shuhrat Po‘latov tinglovchi instruktor sifatida qatnashadi.

Ma’lumot uchun, OFK Hakamlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, o‘zbekistonlik Karine Muradyan OFKning yosh va istiqbolli futbol va futzal hakamlari uchun sinov kurslari koordinatori etib tayinlangan. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:30, 30.09.2017.
O'qildi: 2753 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.