Tulaning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi, serbiyalik Miodrag Bojovich futbolchilarning hayotini buzadigan narsalar to‘g‘risida gapirdi.
"Yaxshi futbolchilar juda kamayib ketdi. Barchasiga smartfonlar aybdor. Hamma telefonga tikilib, xuddi gipnoz qilingandek o‘tirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning ongini egallab olgan, hayotini buzyapti.
Yoshligimizda faqat to‘pimiz bor edi. Kun bo‘yi uni tepardik. Hozir esa, uning o‘rnini telefon egallagan. Agar imkoni bo‘lsa, futbolchilar maydonga ham telefon bilan tushardi. Menimcha, ijtimoiy tarmoqlar - juda yomon" - dedi Bojovich.