Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Milan milliardlari ish bermayapti «Uik-end»ning muhim voqealari

Milan milliardlari ish bermayapti «Uik-end»ning muhim voqealari

Baho:
+ | -

O‘tgan dam olish kunlari Yevropaning kuchli chempionatlarida bir-biridan qiziq o‘yinlar o‘tkazilib, muxlisu mutaxassislar e’tiboridan chetda qolmaydigan voqealar sodir bo‘ldi. Biz esa ularning eng muhimlariga atroflicha to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Anchelotti uzra bulutlar

Bir o‘yinda o‘rtacha uchtadan ko‘p gol. Olti turda atigi bitta o‘tkazib yuborilgan to‘p. Mavsum boshida bundesligada bir jamoa barqarorlik bobida boshqalardan ajralib turibdi. Yo‘q, u «Bavariya» emas. Karlo Anchelotti noqulay vaziyatdan hazil aralash chiqib ketishga urinmoqda - bu eng yaxshi emas, balki yagona choradir. Italiyalik mutaxassisga oson tutmaymiz. Zero jamoadagi aksariyat futbolchilarga motivasiya yetishmayapti: bular Tomas Myuller, Robert Levandovski hamda Frank Riberi. Hozircha Karl-Xayns Rummenigge va Uli Xyoness murabbiyga oshkor bosim uyushtirishmayapti - «Bavariya»da bu odatiy hol. Shunga qaramay, Anchelottining vorisi (YUlian Nagelsmann, 30 yosh) haqida turli xabarlar tarqab, ularni hech kim inkor etmayapti. Umuman, uy uchrashuvida «Volfsburg»ga ochko ulashish - yaxshi g‘oya emas. Ammo Sven Ulrayxning bu boradagi fikri boshqacha edi: u «Bavariya» 2:0 hisobida oldinda borayotganda jarimadan yo‘llangan kuchsiz zarbadan so‘ng o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Sheriklari uni «qo‘llab-quvvatlashdi» va myunxenliklar ikkinchi golni ham o‘tkazib yuborishdi.

«Borussiya» - yagona

Bu yirik mag‘lubiyatdan so‘ng Peter Bosh va «Dort­mund» manziliga maqtov yo‘llagan Diter Xekkingning so‘zlari. Hattoki, rotasiya ham foyda bermadi va «Borussiya» bundesliga rekordini o‘rnatdi. Bundan avval hech qaysi jamoa 6ta turdan so‘ng 18tadan ko‘p gol urmagandi. Ha, bugungidek barqaror «Borussiya»ni anchadan buyon ko‘rmayotgandik. Darvoqe, yana bir rekord Pyer-Emerik Obameyang hisobiga yozildi. Mahoratli hujumchi to‘rtinchi «xet-trik»ini qayd etib, afrikaliklarning bu boradagi rekordini takrorladi. Yaqinda gabonlik forvard «Re-al»ga kerakmasligini aytgandi va bu uning foydasiga ishlayotgandek, go‘yo.

TiG‘iz taQvim

«Chelsi» 10 kun ichida (20-30 sentyabr oralig‘ida) to‘rt o‘yin o‘tkazishga mahkum: kubok uchrashuvida «Nottingem Forest», chempionatda «Stok Siti» mag‘lubiyatga uchratildi, chorshanbada «Atletiko» maydonidagi qiyin bahs, shanba kuni esa yengilmas «Manchester Siti» raqibga aylanadi. Ushbu holatda Diyego Kostaning Madridga ko‘chib o‘tishi ham ikkinchi darajaga tushib qoldi. Hattoki, Antonio Konte bilan maqtov almashishga ulgurdi. Alvaro Morata esa Angliyadagi dastlabki «xet-trik»ini qayd etish imkoniyatidan unumli foydalandi. Aytgancha, o‘tgan hafta Mishi Batshuayi ham raqib darvozasini uch marta ishg‘ol qildi. Xullas, ayni payt «Chelsi» tarkibi shiddatli tempni ajoyib tarzda ushlab turibdi.

Chetlatish, gol - «MYU» G‘olib

«Meni nima uchun chetlatishganini tushunmadim», - dedi Mourinyo o‘yindan so‘ng. Portugaliyalik mutaxassisning o‘zgargani shundoq ko‘rinib turibdi, u hakamlar bilan ortiqcha tortishmadi. Avvallari uni tribunaga haydash bunchalik oson emasdi. Darvoqe, referining bunday qarorga kelishi boisi nimada? Rasmiy talqinda uning texnik hududni tark etgani ko‘rsatilgan. Ammo bu yetarli sababmikan? Agar ushbu holat takrorlanaversa, qancha murabbiylar chetlatilishini tasavvur qilavering.

Shunchaki, eng yomon klub

Rossiyada «Amkar» uchta gol urdi, «Alaves» bitta to‘p kiritdi (u ham «Real» darvozasiga). Hattoki, «Benevento» ham raqibi darvozasini ishg‘ol qildi. Faqat «Kris­tal Pelas» bu borada yomon ko‘rsatkichga ega. Tarkibida Kristian Benteke, Endros Taunsend, Jeyson Panchon va albatta, Uilfrid Zaxadek futbolchilari bo‘lgan jamoa olti turdan so‘ng golsiz qolmoqda. Rahbariyat tezkor qaror chiqarib, vaziyatdan chiqib ketish maqsadida Roy Xojsonni taklif qildi. Mazkur holatda o‘z darvozasidan 13ta to‘p o‘tkazib yuborishga ulgurgan Ueyn Xennessiga achinamiz.

Shunchaki, eng yaxshilar

Qaysi klubga ishqibozlik qilishingizdan qat’iy nazar, Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa sizda iliq taassurot qoldirishi tayin. «Man.Siti»ning paslar aniqligi bo‘yicha 90 foizlik ko‘rsatkichi tezkor o‘yinga uyg‘un. «Shaharliklar»ning bir-birlariga yo‘llayotgan aniq uzatmalari zeriktirmaydi, aksincha, zavq bag‘ishlaydi. Hattoki, «Pelas» himoyachilarini ham. So‘ng­gi oltita o‘yindagi 24ta gol, «jabrdiydalar» orasida «Liverpul»ning borligini unutmang. Yaqinda «Chelsi»ga qarshi bahs o‘tkaziladi. Hozircha esa jamoada hamjihatlik borasida muammo yo‘q. Rahim Sterling va Leroy Sane qanotlardagi faollik bo‘yicha bellashishmoqda, David Silva samarali uzatmalari sonini orttirmoqda, hattoki, himoyachi Fabian Delf ham chiroyli gollar muallifiga aylanmoqda. Xosep Gvardiola esa ko‘rsatmalarini «bollboy» yordamida shogirdlariga yetkazmoqda. Endi o‘sha bolakayning «Siti» akademiyasidagi obro‘si nechog‘li ortganini tasavvur qilavering.

Shunchaki, tartibsizlik

«Liverpul» ko‘p to‘p o‘tkazib yuborib, }1 ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi. Natijada ushbu ko‘rsatkichlar jadvalida quyi pog‘onalardan biriga joylashdi. Mazkur holatda Yurgen Kloppga o‘rinli bir savol bilan murojaat etgingiz keladi: nega yozda himoyachi sotib olinmadi? Lesterda omad kulib boqdi: Jeymi Vardi penaltidan unumli foydalana bilmadi. Shu bois Klopp uslubiga xos bo‘lgan his-hayajonga boy g‘alaba qo‘lga kiritildi. Ha, shuningdek, Filippe Koutinyo asosiy tarkibga qaytib, chiroyli gol muallifiga aylandi. Umuman, himoya chizig‘i bo‘yicha masalani keyingi safarga qoldiramiz.

«PSJ» Neymarsiz...

...hamon kuchliligacha qolmoqda. Faqat bu kuch Fransiya chempionati autsayderlaridan birining darvozasini ishg‘ol qilish uchun yetmadi. Parijliklar safarda «Monpelye» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi. Aniqrog‘i, mezbonlar kiperi Benjamen Lekom qutqardi, bir-ikkita vaziyatda «PSJ»ga omad kulib boqmadi. Demak, hammasi tasodif, juda chiroyli tasodif. Har holda klubdagilar shunday fikr bildirishdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham dastlabki ochkolar boy berildi.

O‘xshamagan derbi

Turin klublari qarama-qarshiligi «Keksa sinyora»ning ustunligi ostida o‘tdi - 4:0. Katta motivasiya to‘plagan Paulo Dibala nihoyat, «Yuventus»da 10-raqam nimani anglatishini tushunib yetgan ko‘rinadi. Oltita o‘yinning barchasida g‘alaba, Dibalada 10ta gol. Vaholanki, jamoadagi o‘zgarishlar jarayoni hali to‘liq yakunlanib ulgurmagan. To‘g‘ri, «Napoli» xuddi shunday tezlik bilan ketmoqda. Bu natijalar neapolliklar safida Arkadiush Milik jiddiy jarohat olgan paytda qayd etilayotgani ahamiyatli. Qiziq, ushbu jamoalarning qaysi birida quvvat zaxirasi ko‘proq ekan? Hozircha hammasi «Yuventus» foydasiga hal bo‘lmoqda.

Hafta yulduzi

Dani Sebalyos ilk marta «Real» asosiy tarkibida maydonga tushib, ushbu voqeani «dubl» bilan nishonladi. Uning markaziy yarim himoyachi ekanini unutmagandirsiz? Qolaversa, gollar ham osonlikcha urilmadi. Aftidan, Zidan jamoasida xuddi shunday uchrashuv taqdirini yakka o‘zi hal qiladigan o‘yinchilarga ehtiyoj tug‘ilayotgandek. «Betis»dan uchralgan mag‘lubiyatga o‘ziga xos javob. Albatta, buning o‘zi yetarli emas: dramatik tarzda kechgan (beshta gol, ikkita chetlatish) «Real Sosyedad»ni mag‘lubiyatga uchratgan «Valensiya» madridliklarni yana YECHL zonasidan tushirib yubordi.

200 mln. yana yutQazdi - 0:2

Yozda 200 mln. yevro sarflagan «Milan»ni yaqin bir yarim yil ichida yana 50 mln.lik to‘lovlar kutib turibdi. Mabodo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilmasa, sport direktorining aytishicha, yulduzlardan biri sotib yuboriladi. Hozircha bu haqda gapirishga erta, ammo Vinchenso Montella 10 nafar yangi futbolchini bir maqsad yo‘lida birlashtirishni hali uddalaganicha yo‘q.

Oddiy G‘alaba

Ko‘pchilik o‘rganib qolgan hol: Milan klubiga yangi murabbiy kelib, o‘z maqsadlarini amalga oshirishga intiladi. Dastlab bu ishni ajoyib tarzda uddalaydi: jamoa g‘oyalarni tushunayotgandek, ularni ro‘yobga chiqarishga loyiq futbolchilar bordek. Shu tariqa barcha rivojlanishga umid bog‘laydi - barqarorlik va ishonch­ga qo‘shimcha tarzda jismoniy imkoniyatlarning ortishini xohlaydi... Yo‘q. «Inter»ning ko‘ngildagidek start olishi - so‘nggi paytlarda ushbu klubda ishlayotgan barcha murabbiylarga xos bo‘ldi. Chempionat boshidagi g‘alabalardan so‘ng «neradzurri» o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. Albatta, bu hozircha natijalarda o‘z aksini topmayapti. «Krotone» ustidan qozonilgan qiyin g‘alaba, «Bolonya» bilan durang va mana, 87-daqiqadagi gol evaziga «Jenoa»ning mag‘lubiyatga uchratilishi. Ko‘rsatkichlar yomonmas, biroq «Juzeppe Meassa»dagi ishqibozlar hushtakbozlikni boshlab yuborishdi. Luchano Spalletti esa nima bo‘layotganini hali to‘liq anglab ulgurmagan.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:39, 30.09.2017.
O'qildi: 3804 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.