Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Mirjalol Qosimov: "Chemirtan xato transfer bo‘lgan"

Mirjalol Qosimov: "Chemirtan xato transfer bo‘lgan"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 23-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Mash’al" uchrashuvidan keyin "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Avvalambor ertangi o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan barcha murabbiy va ustozlarni muborakbod etamiz. Jamoamiz va klubimiz nomidan barcha o‘qituvchi va murabbiylarni tabriklayman.
O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda jamoamiz yaxshi o‘ynadi, gollar urdik, g‘alabani deyarli hal etdik. Ammo ikkinchi bo‘limda yana o‘sha eski muammo kuzatildi.

"Mash’al" ancha shijoatkor va harakatchan jamoa. Bu jamoani imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. Muborakliklar istalgan jamoaga xavf tug‘dirishga qodir jamoa. Ammo bugun ulardan yanada ko‘proq qarshilik kutgandim. Bugungi uchrashuvda jamoamiz birinchi bo‘limda berilgan ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishgani uchun barcha masala hal etildi. Shu boisdan "Mash’al" bugun kutilganidek o‘ynay olmadi.

Chemirtan? Bu futbolchini jamoaga olib kelish xato bo‘lgan. Chemirtan "Bunyodkor"ning saviyasiga mos futbolchi emas. Masalan kecha Chemirtan yoshlar tarkibida o‘ynadi. Ammo hujumchi bir taym mobaynida darvoza tomon birorta zarba bergani yo‘q. Bu qanday hujumchi?

Ashurmatov nega o‘ng qanotda o‘ynadi? Chunki Dilshod Ahmadaliyevni o‘yindan oldin biroz tobi qochib qoldi. Shu sababdan ham Ashurmatovni qanotga qo‘ydik.

"Bunyodkor" doim yuqori maqsadlarni ko‘zlaydi. Biz joriy mavsumda ham ikkita sovrindan bittasini qo‘lga kiritishni istaymiz. Aytadiku, osilsang balandorga osil deb. "Bunyodkor"ni maqsadi mavsumni sovrin bilan yakunlash.

Manba: www.fcmashal.uz
Kiritildi: 22:12, 30.09.2017.
O'qildi: 5063 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.