Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 16:00 Surxon 2-1 Lokomotiv
25/10 18:15 Navbahor 1-0 Metallurg
25/10 21:30 Udineze 2-0 Kalyari
25/10 23:45 Torino 1-0 Komo
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum 2-0 Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid 1-2 Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli 1-0 Lechche
26/10 18:15 Andijon 1-0 Olimpik
26/10 19:00 Brentford - Ipsvich
26/10 19:00 Brayton - Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti - Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa - Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano - Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas - Jirona
26/10 21:30 Everton - Fulhem
26/10 23:45 Atalanta - Verona
27/10 00:00 Real Madrid - Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko

La liga. «Barselona» muxlislarsiz o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi

La liga. «Barselona» muxlislarsiz o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Las-Palmas»ni qabul qildi. Bugun Kataloniyada referundum o‘tkazilgani bois, xavfsizlik nuqtai nazaridan, o‘yinga muxlislar kiritilmadi. Shu bois, jamoalar bo‘m-bo‘sh "Kamp Nou"da o‘yin o‘tkazishlariga to‘g‘ri keldi.

Muxlislarsiz o‘ynashga to‘g‘ri kelgan mezbonlarning birinchi bo‘limda o‘yini qovushmadi. Ularda tezlik va ishtiyoq ko‘zga tashlanmadi. Mehmonlar posboni Chichisola Messi tomonidan berilgan jarima zarbasini qaytargan bo‘lsa, maydon egalarining ba’zi zarbalariga aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘limda Valverde maydonga Rakitich va Inyestani tushirishi oqibatda "Barsa"ning o‘yini kuchaydi. Boz ustiga, ikkinchi bo‘lim avvalida Messi burchakdan yetkazib bergan uzatmani Buskets bosh bilan darvozaga joylab, hisobni ochdi.

Luis Suares hamon o‘zining yaxshi formasiga kira olmayapti. Urugvaylik futbolchi bugungi o‘yini orqali buni yana bir marta ko‘rsatib berdi. "Barselona" baxtiga Leo Messi bor. Bahs oxiriga qadar argentinalik futbolchi ikki marta birga-bir vaziyatga chiqdi hamda har safar darvozani ishg‘ol etdi. Unga golli uzatmalarni Denis va Luis Suareslar berishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barsa"ning ochkolari 21taga yetgan bo‘lsa, bugungi bahsdan keyin Messining La ligadagi gollari soni 11tani tashkil qilmoqda.

Mehmonlar futbolkasida Ispaniya davlat bayrog‘i tushirilgan bo‘ladi.Bu orqali klub Ispaniya yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.La Liga mazkur aksiyaga rozilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Kataloniyada Ispaniyadan ajralib chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda.Mazkur referendumni «Barselona»ning sobiq va hozirgi futbolchilari – Jerar Pike, Xosep Gvardiola, Karles Puyol, Xavi va boshqalar qo‘llab-quvvatlashdi.

Ispaniya La ligasi, 7-tur
Barselona – Las-Palmas 3:0 (0:0, 3:0)
1 oktyabr, 19.15, «Kamp Nou»
Gollar: 1:0 – 49 Buskets, 2:0 – 70 Messi, 3:0 – 77 Messi.
Barselona – ter Shtegen, Maskerano, Pike, Alba, Aleish Vidal (Inyesta, 46; Andre Gomesh, 84), Buskets, Serji Roberto, Paulinyo (Rakitich, 46), Denis Suares, Messi, Suares.
Las-Palmas – Chichisola, Ximo Navarro, Borxa Errera, Masedo, Lemos, Viyera, Santana (Gomes, 78), Dominges (Toledo, 78), Akvilani, Tannane, Kalyeri.
Ogohlantirishlar: Paulinyo (33), Pike (35), Alba (45), Buskets (45), Suares (51), Ximo Navarro (59).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:12, 01.10.2017.
O'qildi: 8711 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.