Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber futbol federasiyasi «UZ Arena» kibersport arenasini ochdi

O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber futbol federasiyasi «UZ Arena» kibersport arenasini ochdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi a’zoliliga qabul qilingan O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber futbol federasiyasi O‘zbekistonda «UZ Arena» kibersport arenasini ochdi. Mazkur voqeaga bag‘ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazdi.

Matbuot anjumani, birinchi navbatda, federasiyaning davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan O‘zbekistonda virtual sportning rivojlanishiga qaratilgan masalalar bo‘yicha samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining «UZ Arena» virtual sport arenasi hamda federasiyaning bugungi kundagi faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida xabardor qilishga bag‘ishlandi.

Federasiya faoliyatining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida virtual sportni rivojlantirish va ommalashtirish, virtual sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar, sport va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazishdan iborat.

«UZ Arena» kibersport arenasi Bunyodkor shoh ko‘chasidagi «INTEGRO» Savdo majmuasi ichida 2.300 kvadrat metrli joyga joylashgan bo‘lib, ohirgi turdagi «Sony Playstation» o‘yin qurilmalari, jahon kiber arenalarning talablariga mos bo‘lgan 50 ta superzamonaviy kompyuterlar, an’anaviy va kiber sport tadbirlarini namoyish etishga mo‘ljallangan 3 ta katta «LED» ekran hamda stol tennisi uchun maxsus joyni o‘z ichiga olgan.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Chilonzor tuman IIB xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda qator brendlarning vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir an’anaviy tarzda O‘zbekiston aholisi uchun birinchi kiber sport arenasi rasmiy ochilganini bildiruvchi qizil lentani uzish bilan boshlandi. Shu bilan birga, tadbirda Federasiya vise-prezidenti A.Alimaksumov va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi xodimining O‘zbekistonda kibersportning rivojlanish qadamlari, davlatning bu yo‘nalishdagi amalga oshirayotgan ishlari va Federasiyaning davlat organlari bilan kelgusi hamkorligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Federasiya Prezidenti Azizbek Pattaxovning ta’qidlashicha, virtual sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish, ushbu sport yo‘nalishida yurtdoshlarimiz, yoshlarimizning jahon musobaqalari, chempionatlarida qatnashishi va ulardagi muvaffaqiyatlarini ta’minlash maqsadida ushbu «UZ Arena» kibersport arenasi tashkil etildi.

O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber futbol federasiyasi virtual sport o‘yinlari yoki kiber sport tushunchasini keng ommaga yoyish, kompyuter o‘yinlariga qiziqadigan yoshlarni, kompyuterxonalarda bekorga vaqt sarflayotgan yigitlarni tashkilotga jalb qilib, ularning qiziqishi va iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirib, tarbiyalab, uni zararli odatga emas, haqiqiy sportga aylantirishni maqsad qilgan. Hattoki mahalliy chempionatlarni teleekran orqali ham namoyish etish rejada bor.

Tadbir davomida federasiya tomonidan O‘zbekistondagi eng kuchli kiberfutbolchilar sirasiga kiruvchi – bir nechta xalqaro turnirlar sovrindori va Yevropaning kumush medali egasi M.Turg‘unboyev bilan O‘zbekiston professional kiberfutbol ligasi ikkinchi o‘rin sohibi U.Ibragimov o‘rtalarida kiberfutbol bo‘yicha namunaviy o‘yin namoyish etildi va uning natijalari bo‘yicha o‘yin g‘olibi M.Turg‘unboyev federasiya prezidenti A.Pattaxov tomonidan tashkilot kubogi bilan taqdirlandi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:44, 02.10.2017.
O'qildi: 4613 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.