Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Behuda endi dod-voy yoxud O‘FFning yangi rahbariyati barchasini to‘g‘ri yo‘lga soladi

Behuda endi dod-voy yoxud O‘FFning yangi rahbariyati barchasini to‘g‘ri yo‘lga soladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sport, ayniqsa, futbolda bashoratlar har doim ham to‘g‘ri chiqavermaydi. Bir eslang, JCH-2018 saralashining so‘nggi raundiga qur’a tashlangan payt muxlislar, jurnalistlar va hattoki, mutaxassislarimiz qanday taxminlarni ilgari surishgandi-ya.

Tushunarliki, hamma raqiblar nomidan kelib chiqib gapirgan. Biroq futbolning oltin qoidasi shuki, raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, unga hurmat nazari bilan qarash va hamma ishlarni professional darajada bajarish shart.

Xullas, podadan oldin chang chiqarish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini yana bir bora amalda ko‘rdik.

Qayta-qayta takrorlangan xatolarni yo‘qotmas ekanmiz, ijobiy natijaga ko‘z tikish noo‘rin. Umid shuki, O‘FFning yangi rahbariyati barchasini to‘g‘ri yo‘lga soladi. 

Sanab ko‘rsak «jo‘ja»miz

Chipta uchun yetmadi.

Barbod bo‘ldi rejamiz

Befoyda endi dod-voy.

            Shoshilib urgandik bong

            Otib-otmay hali tong.

            Yakunda yo‘q sifat-son

            Befoyda endi dod-voy.

Boshqaga umid bog‘lab

Yurdik o‘zimizni aldab.

Qidirsa ko‘p bor sabab

Befoyda endi dod-voy.

            Eh, Samvel Babayan

            Kutilganidek berib pand.

            Barchani qildi garang

            Befoyda endi dod-voy.

Boricha berdim baho

Ammo emasman daho.

Aybdor olsada jazo

Befoyda endi dod-voy.

            Qo‘yish kerak poydevor

            Hozirdan Qatar tomon.

            Unutmaylik hech qachon

            Befoyda keyin dod-voy.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:57, 03.10.2017.
O'qildi: 5633 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик