Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» himoyachisi «Milan»ga o‘tishga yaqin turibdi

«Real» himoyachisi «Milan»ga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Agar Ralf Rangnik klub sport direktori lavozimini egallasa, David Alaba «Milan» a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, Madridning «Real» klubi 33 yoshli himoyachisi (avval «Bavariya»da to‘p surgan) o‘z faoliyatidagi yangi bosqichga yaqinlashmoqda va jamoasini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqyapti. Bu transferda asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida futbolchini juda yaxshi biladigan va uning katta ishqibozi hisoblangan Rangnik chiqish qilmoqda.

«Milan» Alabani himoya chizig‘ini kuchaytira oladigan futbolchi deb hisoblaydi, biroq muayyan sharoitlarda unga yarim himoyadan ham rol ajratilishi mumkin. Futbolchining «Real» bilan shartnomasi shu yilning 30 iyunida o‘z nihoyasiga yetadi.

Alabaning transferidagi eng katta xavf uning jarohatlarga moyilligi bilan bog‘liq: u Ispaniyadagi 5 mavsum davomida turli jarohatlar tufayli taxminan 140 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 18:14, 09.06.2026.
O'qildi: 846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик