Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Kataloniya mustaqilligi Ispaniyaga qanchaga tushadi?

Kataloniya mustaqilligi Ispaniyaga qanchaga tushadi?

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Ispaniyaning Kataloniya muxtor viloyati aholisi o‘rtasida mustaqillik uchun referendum o‘tkazilgan edi. Ispaniya hukumati Kataloniyaning mustaqillik referendumiga uzoq yillar qarshilik qilib keldi. Referendum o‘tkazilgan kuni Kataloniyada yuz bergan voqealar Ispaniya shimoli-sharqidagi boy viloyatidan osonlikcha voz kechish niyatida emasligini ko‘rsatdi. Kataloniya Ispaniya uchun qanday ahamiyatga ega?

Kataloniya muxtor viloyati 32 114 kvadrat km hududi bilan Ispaniya umumiy yer maydonining atigi 6,3 foizini egallaydi. Aholi zich joylashgan Kataloniyada qariyb yetti yarim million kishi yoki Ispaniya aholisining 16 foizi istiqomat qiladi.

Kichik hudud va kam sonli aholiga ega bo‘lgan Kataloniyaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari juda yuqori. Viloyati yalpi ichki mahsuloti bo‘yicha Ispaniya viloyatlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Kataloniya yillik 215,6 milliard yevrolik YAIM bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo aksariyat mamlakatlardan oldinda turadi. Bu Ispaniya Qirolligida bir yilda ishlab chiqariladigan mahsulotning 20 foizi Kataloniya hissasiga to‘g‘ri keladi, demakdir.

YAIMning aholi jon boshiga nisbati bo‘yicha Kataloniya boshqa viloyatlardan biroz orqada. Ammo viloyatning ko‘rsatkichi bu borada mamlakatning o‘rtacha darajasidan yuqori hamda ijtimoiy tengsizlik darajasi ham juda pas. Shuningdek, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha birorta ispan viloyati Kataloniyaga tenglasha olmaydi.

Jumladan, Ispaniya eksportining chorak qismidan ko‘prog‘i yoki 65,2 milliard dollari Kataloniyaga to‘g‘ri keladi. Ispaniyaga kiritilgan xorijiy investisiyalarning qariyb 30 foizi ham Kataloniyaga yo‘naltirilgan. Kataloniya ishsizlik darajasi bo‘yicha (13,2 foiz) ham Ispaniyada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Butun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ishsizlik darajasi 17,2 foizga teng bo‘lib turibdi. Eng asosiysi, Kataloniya qirollik byudjetiga tushadigan soliqlarning 21 foizini to‘lab keladi.

Manba: sof.uz
Kiritildi: 01:29, 04.10.2017.
O'qildi: 14499 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик