Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati madhiyasini kim kuylashi ma’lum bo‘ldi

Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati madhiyasini kim kuylashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kolumbiyalik mashhur honanda Maluma 2018 yil Rossiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati madhiyasini kuylaydi. Bu haqda “Eurosport” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kolumbiyalik qo‘shiqchi halqaro futbol federasiya (FIFA) tashkilotining bu boradaga taklifiga rozilik bergan va madhiyani tayyorlash ishlarini hozirdan boshlab yuborgan. Jahon chempionati rasmiy madhiyasini kuylaydigan qo‘shiqchini aynan FIFA rasmiylari tanlashadi.

Madhiya joriy yilning dekabr oyida taqdim etilishi rejalashtirgan bo‘lib, 23 yoshli qo‘shiqchi rasmiy musobaqa madhiyasini tayyorlashda 24 nafar musiqachi yordamidan foydalanadi. Shuningdek, madhiya ijrosida Malumadan tashqari puertorikolik qo‘shiqchi Bed Banni ham ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Maluma “El Perdedor” qo‘shig‘i orqali butun dunyoda mashhur bo‘lib, ushbu qo‘shiqni Youtube videotarmog‘ida 1 milliondan ortiqroq internet foydalanuvchilari tomosha qilishgan.

Shuningdek, Maluma jahon chempionati madhiyasini ijro etgan ikkinchi kolumbiyalik qo‘shiqchiga aylanadi. Bundan 7 yil avval yana bir kolumbiyalik honanda Shakira 2010 yil JAR mamlakatida o‘tgan mundial madhiyasi (“Waka Waka”) ni kuylagandi.

JCH–2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyun kunidan 15 iyul kuniga qadar Rossiyada o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero yaqinda Malumaning Amsterdamdagi konsertini tomosha qilish uchun tashrif buyurib, aeroportga qaytayotgan vaqtida yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. Taxminlarga qaraganda, futbolchining jarohati tuzalib ketishi uchun 6 hafta kerak bo‘ladi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 20:32, 04.10.2017.
O'qildi: 5835 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.