Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

O‘zbekistonda ishlagan eng kuchli murabbiylar

O‘zbekistonda ishlagan eng kuchli murabbiylar

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati Osiyo miqyosida eng kuchli milliy birinchiliklar qatorida e’tirof etilmasa-da, oliy ligamizda o‘z vaqtida taniqli futbolchilar faoliyat olib borishgan. Qolaversa, o‘zbek jamoalarini dunyoga mashhur bir qator murabbiylar boshqarishgan.

Yodingizda bo‘lsa, bir vaqtlar Ziko, Skolari kabi mutaxassislarning yurtimizda ish boshlashi butun qit’a e’tiborini O‘zbekistonga qaratgandi. Xo‘sh, mamlakatimizda mehnat qilgan mashhur murabbiylar ayni payt qayerda va ular nimalar bilan band? Bugun shu haqda hikoya qilamiz.

Ziko - ishsiz

«Bunyodkor» oliy ligaga chiqqan ilk yillarda asosan xorijlik murabbiylarni jamoaga olib kelishga e’tibor qaratgandi. Ular orasida birinchi bo‘lib Ziko yurtimizga tashrif buyurgandi. O‘z vaqtida dunyoning eng taniqli futbolchilaridan biri bo‘lgan braziliyalik mutaxassis murabbiylikda u qadar katta dovrug‘ qozona olmadi.

2008 yilda Zikoni jamoa boshqaruviga olib kelgan «qaldirg‘ochlar» undan ko‘p narsa kutishgandi. «Bunyodkor»­dagi qisqa muddatli faoliyati davomida O‘zbekiston chempionligi hamda mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan braziliyalik mutaxassis yurtimizda uzoq qolmadi. U Rossiyaning SSKA jamoasidan tushgan taklifni qabul qilib, faoliyatini kuchliroq chempionatda davom ettirishni istadi. Lekin rus klubiga moslashib ulgurmay, iste’foga chiqdi.

«Qo‘nimsiz murabbiy» nomini olgan Ziko 2014 yilda Hindistonning «Goa» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu klub 2015 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, mahalliy chempionatda kumush medallarga ega chiqdi. Biroq 2016 yilda har ikki tomon o‘zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qilishgach, Ziko yana ishsiz qoldi. Shundan buyon 64 yoshli murabbiy hali o‘ziga yangi jamoa topganicha yo‘q.

Luis Felipe Skolari - «Guanjou Evergrand» bosh murabbiyi

O‘zbekistonda faoliyat olib borgan eng mashhur murabbiy - Luis Felipe Skolari sanaladi. O‘z vaqtida Braziliya terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan mutaxassisning yurtimizga tashrif buyurishi anchagina shov-shuv ko‘targandi. 2009 yilning 8 iyunida «Bunyodkor» bosh murabbiyi etib tayinlangan Luis Felipe «qaldirg‘ochlar»ni bir yil mobaynida boshqargan. Ushbu muddat ichida «Bunyodkor» bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘sha vaqtda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari qatorida e’tirof etilgan Skolarining Toshkentga sayohati Osiyo Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng yakunlangan.

U «Bunyodkor»dan ketgach, bir muddat o‘z yurtida «Palmeyras»ga ustozlik qildi. Keyinroq yana bir bor Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga oldi. Hozirda esa 68 yoshli mutaxassis Xitoyning «Guanjou Evergrand» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Qayd etish joizki, uning Chin yurtidagi ishlari ancha yaxshi ketmoqda. 2015 yilning 4 iyunida «Guanjou Evergrand» ustoziga aylangan Skolari hozirga qadar ushbu jamoani ikki marta Xitoy chempioniga aylantirdi va bir bor qit’a Chempionlar Ligasida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Guanjou jamoasi rahbariyatini Skolarining qayd etayotgan natijalari qoniqtirmoqda va ular ushbu murabbiyga yangi shartnoma taklif etish haqida o‘ylashmoqda.

Igor Kriushenko - Belarus terma jamoasi bosh murabbiyi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:45, 05.10.2017.
O'qildi: 5651 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.