Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Riodagi Olimpiada g‘olibidan doping bo‘yicha ayblovlar olindi

Riodagi Olimpiada g‘olibidan doping bo‘yicha ayblovlar olindi

Baho:
+ | -

2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tgan Olimpiadaning 50 km ga sport yurishi turi bo‘yicha g‘olibi bo‘lgan slovakiyalik Matey Totdan unga doping qabul qilish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar bekor qilindi. Bu haqda The Slovak Spectator nashri xabar bermoqda.Sportchining aybsizligi haqidagi qarorni Slovakiya yengil atletika federasiyasi qabul qildi. 

"Slovakiya yengil atletika federasiyasi intizom qo‘mitasi mening foydamga qaror chiqarganidan juda baxtiyorman", deb aytgan Tot.

Sportchi poligrafda (insonning rost yoki yolg‘on gapirayotganini bilish uchun qo‘llanadigan qurilma) sinovdan o‘tgan va bir nechta tahlil topshirib, uning biologik pasportida me’yordan og‘ishishlar bo‘lmaganini isbotlay olgan. Sportchi unga nisbatan Yengil atletika federasiyalari xalqaro uyushmasi (IAAF) o‘tkazgan tergov sababli Londondagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan. IAAF va Butunjahon aksildoping agentligi Slovakiya yengil atletika federasiyasi qarori yuzasidan 21 kun ichida Sport hakamlik sudiga shikoyat qilishlari mumkin. 

Riodagi Olimpiadada Tot 50 km lik masofani 3 soat 40 daqiqa 58 soniyada bosib o‘tgan. Totning hisobida shuningdek Pekindagi 2015 yilgi jahon chempionati oltin medali va 2014 yilgi Yevropa chempionati kumush medali bor.    

Manba: kun.uz
Kiritildi: 23:08, 05.10.2017.
O'qildi: 3177 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.