Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» - «Bunyodkor»: kim finalga chiqadi?

O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» - «Bunyodkor»: kim finalga chiqadi?

Baho:
+ | -

6 oktyabr, juma kuni barchaning e’tibori Samarqandda o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasidagi «Dinamo» - «Bunyodkor» o‘yiniga qaratiladi. Final yo‘llanmasini taqdim etuvchi qarama-qarshilik oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixiga e’tibor qaratamiz.

YARIM FINALNI ZOKIR QODIROV BOSHQARADI

O‘zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi e’lon qilindi.

PFL e’lon qilgan ro‘yxatga binoan, uchrashuvni navoiylik referi Zokir Qodirov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Obid Jumayev va Ruslan Samandarov yordam berib boradi. O‘yin nazoratchisi Arslon Xotamov.

O‘zbekiston Kubogi-2017.

Yarim final. Javob uchrashuvi.

6 oktyabr (juma)

«Dinamo» (Samarqand) – «Bunyodkor» (Toshkent)

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumayev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), A. Ergashev (Toshkent)

Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Dastlabki uchrashuv – 0:0.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 15:00

TV-translyasiya: «Sport TV» (takror, 22:10)

O‘ZARO O‘YINLAR: 22-TO‘QNASHUV

«Dinamo» va «Bunyodkor» klublari o‘zaro bugungacha 21 marta to‘qnash kelishgan. O‘zaro uchrashuvlarda statistika «Bunyodkor» ustunligini ko‘rsatmoqda. «Bunyodkor» 15 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang hisobida yakunlangan. «Dinamo» ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag‘lub etgan.

To‘plar nisbatida ham ustunlik «Bunyodkor» tomonida - 38:9. «Bunyodkor»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0ga teng. «Dinamo»ning yagona g‘alabasi – 1:0.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

12.10.2017 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:2

12.10.2015 «Dinamo» - «Bunyodkor» 1:1

06.04.2014 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:2

18.04.2013 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:3

21.05.2012 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:1.

TO‘RTINCHI UCHRASHUV

Ushbu jamoalar 2017 yil hisobidan 4-marta to‘qnash kelishmoqda. Oliy Liga birinchi davra bahsida Toshkentda 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Kubogi yarim final dastlabki uchrashuvi doirasida «Bunyodkor» maydonida o‘tgan bahsda ham durang – 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Uchinchi to‘qnashuv Oliy Liga ikkinchi davrasidagi uchrashuv sifatida qayd etilib, unda «Bunyodkor» Samarqandda 0:2 hisobida zafar quchgandi. Ko‘ramiz, final yo‘llanmasini taqdim etuvchi to‘rtinchi bahsda kim g‘olib bo‘larkin…

KIM QANDAY HOLATDA?

Mehmon jamoa «Bunyodkor» so‘nggi 7 uchrashuvdan 6 tasida g‘alabaga erishdi, 1 o‘yinda durang qayd etdi.

«Dinamo» esa ikkinchi davrada hali g‘alaba nimaligini bilgani yo‘q. Jamoa so‘nggi 7 uchrashuvdan to‘rttasida durang, uchtasida mag‘lubiyatga uchradi.

«Dinamo»ning so‘nggi 7 o‘yini natijasi:

«Sho‘rtan» - «Dinamo» - 1:0

«Dinamo» - «Paxtakor» - 0:0

«Navbahor» - «Dinamo» - 1:0

«Dinamo» - «Qo‘qon-1912» - 0:0

«Buxoro» - «Dinamo» - 0:0

«Dinamo» - «Bunyodkor» - 0:2

«So‘g‘diyona» - «Dinamo» - 0:0

«Bunyodkor»ning so‘nggi 7 o‘yini natijasi:

«Bunyodkor» - «Olmaliq» - 1:0

«Nasaf» - «Bunyodkor» - 0:1

«Bunyodkor» - «Olmaliq» - 2:0

«Qizilqum» - «Bunyodkor» - 3:3

«Bunyodkor» - «Neftchi» - 2:0

«Dinamo» - «Bunyodkor» - 0:2

«Bunyodkor» - «Mash’al» - 4:0

KIM QANDAY YETIB KELDI?

«Dinamo» yarim finalgacha «Zomin», «Olmaliq», «Mash’al» to‘sig‘idan o‘tgan bo‘lsa, «Bunyodkor» «Sho‘rtan» va «Neftchi»ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgandi.

FAKT… SO‘NGGI MARTA FINALDA...

«Bunyodkor» so‘nggi bor 2015 yilda Jizzaxda «Nasaf»ga qarshi O‘zbekiston Kubogi finalida to‘p surib mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, «Dinamo» 2000 yilda Toshkentda kubok finalida «Do‘stlik» jamoasiga mag‘lub bo‘lgan edi.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 07:35, 06.10.2017.
O'qildi: 5208 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.