Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Dortmund «Borussiya»ning 12 yoshli hujumchisi o‘z o‘yini bilan barchani hayratga solyapti

Dortmund «Borussiya»ning 12 yoshli hujumchisi o‘z o‘yini bilan barchani hayratga solyapti

Baho:
+ | -

Futbol dunyosi ne-ne yosh iqtidorlarni ko‘rgan, ularning erta kunda mavjud barcha tushunchalarni bir yoqqa surib, aql bovar qilmas darajada «hunar»lar ko‘rsatgancha transferlar bozorini «portlatib» yuborishganiga guvoh bo‘lgan.

Ha, futbol tobora yosharmoqda - bu fakt. Biroq «Borussiya» tizimining U-17 toifasidagi jamoasi safida o‘ynayotgan 12 yoshli hujumchi qoyilmaqom harakatlari bilan Kilian Mbappe, Martin Edegor va Kasper Dolberg kabi erta chaqnagan vunderkindlar tarixini soyaga surib qo‘ydi...

Ha, 12 yoshli Yusuf Mukoko oxirgi vaqtlarda barcha nigohlarni o‘ziga xuddi ohanrabodek jalb etyapti. Bilasiz, «Borussiya» yosh iqtidorlarga katta yo‘l ochib berishi bilan alohida maqtanishga haqli klub sanaladi.

Ammo Dortmund jamoasi ham shu vaqtga qadar bunday iste’dodni ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Har holda, klub safidagi biror yigitcha Yusufchalik kuchli e’tibor markaziga tushgan emasdi. Xo‘sh, Mukoko nima karomat ko‘rsatdiki, barcha shu bolakay haqida gapirmoqda?

Albatta, mislsiz e’tiborga salmoqli sabab bor: yosh futbolchi o‘smirlar o‘rtasidagi bundesligani shunchaki, «ostin-ustun» qilib yuboryapti. Raqamlarda aytsak, Yusuf 7ta o‘yinda 16ta gol urdi. Hayratlanarli, to‘g‘rimi?

Vaholanki, u maydonda o‘zidan 4-5 yosh katta o‘smirlarga qarshi to‘p surmoqda. Yana bir tomoni shuki, «Borussiya» U-17-ning o‘zida ham, boshqa ishtirokchilar safida ham ko‘rsatkichlar bo‘yicha Mukokoga hattoki, yaqin keladigan futbolchi yo‘q.

Xullas, barcha mutaxassislar vunderkind kelajakda Neymar uslubida katta yulduzga aylanishini bashorat qilishdan tiyilmayaptilar.

Aytish joiz, Dortmund «Borus- siya»si ushbu bolakay masalasida vaqtida harakat boshlab, uni o‘z safiga jalb etishni paysalga solmadi. Zero, Mukokolar oilasi Germaniyaga 2014 yili ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, Yusuf avvaliga «Sankt-Pauli» dargohida bordi.

Diqqat qiling, dortmundliklar 10-11 yoshli bolakay harakatlarini 2 yil davomida kuzatib kelishdi va yakunda yosh iqtidorni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. To‘g‘ri, Mukoko hali-veri asosiy jamoada o‘ynay olmaydi.

Buning uchun 5 yil sabr qilishi kerak. Tushunarliki, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:31, 06.10.2017.
O'qildi: 7795 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.