Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bugun futbol. «Nasaf» – «Lokomotiv»

Bugun futbol. «Nasaf» – «Lokomotiv»

Baho:
+ | -

Bugun “Markaziy” stadionda katta futbol. O‘zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro bahslashadi.

Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Quyida bugungi uchrashuvning rasmiylari bilan tanishing.

O‘zbekiston Kubogi-2017. Yarim final javob uchrashuvi

“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent)

07.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00

Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)

Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent)

Zaxira hakami: Isxax Ibragimov (Nukus)

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Dastlabki uchrashuv – 1:3.

Bu yilgi O‘zbekiston Kubogi yarim finalida mazkur jamoalar ikkinchi marta tuqnash kelishmoqda.

2015 yili ham “Nasaf” yarim finalda “Lokomotiv” bilan tuqnash kelgan va jamoamiz “temiryo‘lchilar”ni (2:0, 0:1) hisobida mag‘lub etib finalga yo‘l olgan edi.

Xabaringiz bor, ushbu jamoalar o‘rtasidagi yarim finalning dastlabki uchrashuvi 2 avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan. Unda jamoamiz 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Uchrashuvdagi gollarni Marat Bikmayev (2), Murod Bobojonov va Dragan Cheranlar kiritishgan. Uchrashuvdagi jamoamiz tomonidan kiritilgan yagona gol bizni finalga yo‘l olishimizga ishonch bag‘ishlab turibdi. Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun “Nasaf” bugun gol o‘tkazib yubormasdan, “Lokomotiv” jamoasi darvozasini kamida ikki marta ishg‘ol qilishi kerak. Ishonamizki, “ajdarlar” bu vazifani uddalashadi.

Bugungi uchrashuv natijasi qanday bo‘lmasin, qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishini bemalol taxmin qilsak bo‘ladi. Bundan albatta “Markaziy”ga  tashrif buyurgan muxlislar yutishadi.

Shunday ekan qiziqarli uchrashuvni o‘tkazib yubormang. “Markaziy”ga marhamat qiling!

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:10, 07.10.2017.
O'qildi: 5954 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.