Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Afrikada mojaro kelib chiqdi. Gana Ugandaga qarshi bahsning qayta o‘tkazilishi talab qilmoqda (video)

Afrikada mojaro kelib chiqdi. Gana Ugandaga qarshi bahsning qayta o‘tkazilishi talab qilmoqda (video)

Baho:
+ | -

Kecha Afrika qit’asida bo‘lib o‘tgan JCH-2018 saralash bahslarining birida mojaro kelib chiqdi. Uganda va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalari yakunlanayotgan paytda mehmonlar gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo hakamlar bu golni inobatga olishmadi.

Ganalik futbolchi olis masofadan darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon qaytargan to‘pni hujumchi darvozaga joylab qo‘ydi. Laynsmen darhol bayroqchasini ko‘tarib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Boisi, zarba berilayotgan paytda hujumchi ofsayd holatida emasdi.

Gana futbol federasiyasi FIFAga murojaat yo‘llab, mazkur o‘yinni qaytadan o‘tkazishni so‘radi. Uchrashuvni JARlik hakam Deniel Bennet boshqarib borgandi.

Mazkur durangdan keyin Gana terma jamoasi JCH-2018 yo‘llanmasidan deyarli mahrum bo‘ldi. Jamoa 5ta o‘yindan keyin 6 ochkoga ega bo‘lib turibdi. Uganda hisobida esa 8 ochko bor. Hozirda 9 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turgan Misr 5-tur bahsini bugun Kongoga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba misrliklarga muddatidan avval JCH-2018 yo‘llanmasini taqdim etadi.

E’tiborli tomoni shundaki, Misr bugun g‘alaba qozonsa, Uganda-Gana uchrashuvini qayta o‘tkazish ko‘proq ugandaliklarga naf berishi mumkin. Boisi, misrliklar Kongoni mag‘lub etishsa, Gana har qanday holatda ham Mundial yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishadi. Takroriy o‘yin o‘tkazilsayu, Uganda Ganani mag‘lubiyatga uchratsa, so‘nggi tur oldidan Rossiya-2018 yo‘llanmasi uchun imkoniyatni saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA JCH-2018 saralash bosqichi doirasida JAR – Burkina-Faso bahsini qayta o‘tkazish haqida qaror chiqargandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:06, 08.10.2017.
O'qildi: 7529 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик