Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

JCH-2018 saralash. Qit’alararo pley-offda ishtirok etadigan Osiyo jamoasi ma’lum bo‘ldi

JCH-2018 saralash. Qit’alararo pley-offda ishtirok etadigan Osiyo jamoasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Osiyo mintaqasidan o‘rin olgan JCH-2018 saralash pley-off bosqichi doirasida Avstraliya va Suriya o‘rtasida javob o‘yini bo‘lib o‘tdi. Yashil qit’a vakillari katta qiyinchilik bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq suriyaliklar Umar as-Somaning goli evaziga hisobni ochishdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Tim Keyxill muvozanatni tikladi. Natijada avstraliyaliklarning safardagi gol borasidagi ustunligi yo‘qqa chiqdi. Ushbu hisob asosiy vaqtda o‘zgarmadi. Natijada ushbu bahsda qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi.

Aynan qo‘shimcha bo‘limlar boshlangan paytda e’tiborli holat kuzatildi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov o‘rniga zaxira hakami Ilgiz Tantashev bosh hakamga aylandi. Ma’lumotlarga qaraganda, Ermatov jarohat olgan.

Tantashev o‘yinni boshqara boshlagach, suriyalik Mahmud al-Mavas ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan Avstraliya terma jamoasi, bundan samarali foydalandi. 109-daqiqada yana o‘sha Keyxill jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yin tugashi arafasida Suriya hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi. Davroza ustuni Avstraliyani goldan qutqarib qoldi. Shu tariqa, 210 daqiqa davomi etgan ikkita o‘yin natijasida Avstraliya keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ularga KONKAKAF mintaqasining to‘rtinchi jamoasi raqiblik qildi. Bu Panama yoki Gonduras termalaridan biri bo‘ladi.

JCH-2018 saralash. Osiyo, pley-off, javob o‘yini
AVSTRALIYA - SURIYA 2:1. Asosiy vaqt — 1:1. Qo‘shimcha bo‘limlar — 1:0
Gollar: Tim Keyxill (13, 109) — Umar as-Soma (6)
Dastlabki o‘yin — 1:1

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:36, 10.10.2017.
O'qildi: 25694 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик