Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Messidan xet-trik! Argentinani JCH-2018ga boradi!

Messidan xet-trik! Argentinani JCH-2018ga boradi!

Baho:
+1 | -

Janubiy Amerika qit’asida JCH-2018 saralash bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari butun dunyo futbol muxlislari e’tiborida edi. Boisi, unda 3+1 ko‘rinishidagi Rossiya-2018 yo‘llanmalari taqdiri hal bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan, Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Mundialda ishtirok etish yoki etmasligi barchani qiziqtirayotgan edi. Daholar eng qiyin va og‘ir pallada asosiy planga chiqishi yana bir marta isbotlandi.

Ekvador terma jamoasi argentinalik himoyachilar hali "uyg‘onmasidan" avval hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Romario Ibarra mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilgan paytda hali bahsning 1-daqiqasi yakunlanmagandi. Bu esa uchrashuvdagi intrigani yanada oshirib yubordi. Xorxe Sampaoli shogirdlari asta-sekin o‘yin nazoratini o‘z qo‘llariga ola boshladilar va 12-daqiqada hisob tenglashdi. Messi Di Mariya bilan kombinasiya tashkil qildi va raqib jarima maydonchasi ichida Ekvador darvozasini ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Leo markaziy himoyachidan to‘pni "o‘g‘irlab" ketdi va jarima maydonchasiga kirar-kirmas kuchli zarba bilan Argentinani hisobda oldinga olib chiqdi. "Albiseleste" oldinga chiqib olganidan keyin ehtiyotkor o‘yin qila boshladi. Ammo bitta to‘p farqi hali xavfli hisob ekanini ular bilishardi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Lionel Messi jarima maydonchasi tashqarisidan "parashyut" uslubida gol urib, barcha masalaga nuqta qo‘ydi. Super Messi Argentina terma jamoasini o‘z ortidan boshlab Rossiyaga boradi!

Argentina KONMEBOL mintaqasida saralashni 3-o‘rinda yakunladi. Shuningdek, mazkur mintaqadan Braziliya, Urugvay va Kolumbiya termalari JCHga yo‘l olishdi. Peru qit’alararo pley-offda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Chili JCHga bormaydigan bo‘ldi.

JCH-2018 saralash. Janubiy Amerika, 18-tur
Braziliya – Chili 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 55 Paulinyo, 2:0 – 57 Gabriel Jezus, 3:0 – 90+3 Gabriel Jezus.
Braziliya – Ederson, Markinyos, Aleks Sandro, Dani Alves, Miranda, Koutinyo (Firmino, 87), Kazemiro, Paulinyo, Renato Augusto (Fernandinyo, 82), Neymar (Villian, 85), Gabriel Jezus.
Chili – Bravo, Bosejur, Xara, Medel, Arangis (Pulgar, 46), Fuensalida (Puch, 63), Vargas, Valdiviya, Sanches, Ernandes (Paredes, 77), Isla.
Ogohlantirishlar: Koutinyo (40), Neymar (45), Sanches (54), Isla (68).

Peru – Kolumbiya 1:1 (0:0)
Gollar: 0:1 – 56 Xames, 1:1 – 76 Gerrero.
Peru – Galyese, Rodriges (Arauxo, 46), Ramos, Trauko, Yotun (Ruidias, 71), Tapiya, Karrilyo (Reyna, 63), Kueva, Korso, Flores, Gerrero.
Kolumbiya – Ospina, Murilyo, Fabra, Aryas, Sanches, Kuadrado, Agilyar, Sanches, Xames (CHara, 85), Falkao (Moreno, 90), Sapata (Barrios, 73).
Ogohlantirish: Karrilyo (45).

Ekvador – Argentina 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 1:0 – 1 Ibarra, 1:1 – 12 Messi, 1:2 – 20 Messi, 1:3 – 62 Messi.
Ekvador – Bangera, Aymar, Ramires, Velasko, Arboleda, Ibarra, Orexuela, Intriago (Uchuari, 77), Sevalyos (Valensiya, 41), Ibarra, Ordonyes (Estrada, 64).
Argentina – Romero, Merkado, Maskerano, Otamendi, Salvio (Fasio, 90), Di Mariya (Paredes, 84), Peres, Akunya, Bigliya, Benedetto (Ikardi, 76), Messi.
Ogohlantirishlar: Sevalyos (14), Akunya (51), Bigliya (61), Estrada (75), Maskerano (86).

Urugvay – Boliviya 4:2 (2:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 24, avtogol Silva, 1:1 – 39 Kaseres, 2:1 – 42 Kavani, 3:1 – 60 Suares, 4:1 – 76 Suares, 4:2 – 79, avtogol Godin.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Silva (Pereyra, 77), Kaseres, Godin, Bentankur, Vesino, de Arraskaeta (Lodeyro, 77), Valverde (Rodriges, 60), Kavani, Suares.
Boliviya – Lampe, Raldes, Sagredo, Valverde, Bexarano, Chumasero (Arse, 46), Kandiya, Kampos, Machado, Kastro (Xustiniano, 57), Moreno (Alvares, 69).
Ogohlantirish: Kandiya (70).

Paragvay – Venesuela 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 84 Errera.
Paragvay – Silva, Gomes, Alonso, Moreyra, da Silva (Samudio, 62), Piris, Roxas, Romero, Romero, Sanabriya (Kardoso, 56), Dominges (Bareyro, 56).
Venesuela – Farinyes, Anxel, Chanselyor, Kixada, Ernandes, Kordova (Soteldo, 57), Errera, Martines (Otero, 77), Rinkon, Murilyo (Moreno, 81), Rondon.
Ogohlantirishlar: Martines (25), Alonso (33), Roxas (39), Errera (47), Kardoso (73), Otero (86), Farinyes (90).
Chetlatishlar: Anxel (89), Gomes (89).

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatT-NOchko
1 Braziliya 18 12 5 1 41-12 41
2 Urugvay 18 9 4 5 32-20 31
3 Argentina 18 7 7 4 19-16 28
4 Kolumbiya 18 7 6 5 21-19 27
5 Peru 18 7 5 6 28-26 26
6 Chili 18 8 2 8 26-27 26
7 Paragvay 18 7 3 8 19-25 24
8 Ekvador 18 6 2 10 26-29 20
9 Boliviya 18 4 2 12 16-38 14
10 Venesuela 18 2 6 10 19-35 12
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:29, 11.10.2017.
O'qildi: 20748 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.