Afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldinyo “Bavariya” klubi sobiq murabiyi Karlo Anchelottining “Milan”ga qaytishi ijobiy holat ekanligi haqida gapirdi.
“Anchelotti va Gvardiola – dunyoning eng kuchli murabbiylari hisoblanishadi. Agar “Milan” Anchelottini ortga qaytarsa yaxshi qaror qabul qilgan bo‘lardi. Karlo – jamoa ichki muhitini yaxshi biladi. Bundan tashqari Anchelottini futbolchilar ham yaxshi ko‘rishadi.
Karlo – birinchi raqamli murabbiy. U o‘z futbolchilari bilan qisqa vaqt mobaynida til topishib keta oladi”, – deydi Ronaldinyo.