Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» La Liganing eng qimmat tarkiblari reytingida «Barselona»ni ortda qoldirdi

«Real» La Liganing eng qimmat tarkiblari reytingida «Barselona»ni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi klublari tarkiblarining bozor qiymati bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Ispaniya chempionatidagi eng qimmat tarkib hamon «Real»ga tegishli bo‘lib qolmoqda. Madrid klubi tarkibining umumiy qiymati 10,9 foizga kamayganiga qaramay, u 1,22 milliard yevroga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinni amaldagi Ispaniya chempioni «Barselona» egallab turibdi. Kataloniyaliklar ketma-ket ikkinchi mavsum La Liga g‘olibi bo‘lishga erishgan va turnir jadvalida «Real»dan yuqori o‘rinni band etgan. Shu bilan birga, jamoa tarkibining umumiy qiymati 1,16 milliard yevroni tashkil etadi.

Uchinchi pog‘onadan Madridning yana bir vakili — «Atletiko» joy olgan. Uning tarkibi 577 million yevroga baholangan.

Birinchi beshlikdan shuningdek, «Vilyarreal» (303 million yevro) va «Real Sosyedad» (255 million yevro) ham o‘rin olgan.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra La Liganing eng qimmat 10 tarkibi:

  1. «Real» — 1,22 milliard yevro;

  2. «Barselona» — 1,16 milliard yevro;

  3. «Atletiko» — 577 million yevro;

  4. «Vilyarreal» — 303 million yevro;

  5. «Real Sosyedad» — 255 million yevro;

  6. «Betis» — 246 million yevro;

  7. «Atletik» — 229 million yevro;

  8. «Selta» — 190 million yevro;

  9. «Sevilya» — 149 million yevro;

  10. «Jirona» — 144 million yevro.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Ispaniya chempioni unvonini ketma-ket ikkinchi bor «Barselona» qo‘lga kiritdi. «Real» esa chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 21:16, 05.06.2026.
O'qildi: 419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик